Axborotlarbilanishlashkompetensiyasi — mediamanbalardan zarur tavsiflarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zinio‘zirivojlantirishkompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya— vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishhamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Geografiyani o’qitishda o’quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyani quyidagi turlari mavjud:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi;
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
Globus, geografik atlas va haritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi:
Geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi.
Globus, geografik atlas va haritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
Geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasida quyidagi belgilab qo’yilgan kompetesiyalarga ega bo’lishi lozim:
Quyosh tizimidagi sayyoralarning nomlarini ayta oladi;
tun va kun, yil fasllari almashinishini kuzatadi va aytib bera oladi;
kundalik hayotda ob-havoning o‘zgarishini mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi, termometr yordamida havo haroratini o‘lchay oladi;
ufq tomonlarini kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi;
O‘zbekiston Respublikasi va uning viloyatlari tabiati haqida biladi va ayta oladi.
Yer yuzi tabiatining vaqt davomida o‘zgarishi va rivojlanishi haqida biladi va ayta oladi.
Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini anglaydi, tushunadi va tushuntira oladi;
tabiiy hodisa va jarayonlarni kundalik hayotda turli asboblar (kompas, termometr, barometr, flyuger va b.) yordamida o‘lchash va aniqlashni bajara oladi;
materiklar, okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslariga tavsif bera oladi, ularning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi va o‘zaro taqqoslay oladi;
jahon xo‘jaligi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari va viloyatlari, O‘zbekistonga yaqin joylashgan mamlakatlarga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif bera oladi, hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan taqqoslay oladi;
aholi va ishlab chiqarishning joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi;
aholi dinamikasi va tarkibi, zamonaviy demografik jarayonlar, urbanizatsiya va aholi migratsiyasining mohiyatini tushunadi va tahlil qila oladi;
dunyoning siyosiy haritasi, uning tuzilishini tushunadi va tushuntira oladi;
geografik bilimlar asosida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarga doir amaliy topshiriqlarni yecha oladi.