-o’quvchiga geografiya, ya’ni, tabiiy hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografik hamda amaliy geografiya asoslari bo’yicha mustahkam bilimlar berish. Tabiatdan foydalanishni va uni muhofaza qilishni ilmiy, texnik, iqtisodiy asoslarini ochib berish;
-umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini iqtisodiy, ekologik, geosiyosiy bilimlarni egallashlariga imkon yaratish hamda kasbga yo’naltirish;
o’quvchilarni geografik borliq va hodisalarni o’rganish usullari bilan qurollantirish. Mazkur usullar (metodlar) bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;
tabiiy va iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, amaliy geografiya va boshqa oraliq geografik fanlarni yirik xalq xo’jaligi muammolarini yechishdagi o’rni va
ahamiyatini ochib berish. Masalan, Orol muammosini yechimini, tuproqqa meliorativ ishlov berishda agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida eroziya jarayonini tezlashuvi va uni oldini olishni, O’zbekistonning buyuk davlat bo’lishini geografik asoslarini ishlab chiqish;
o’quvchilarni geografik haritalardan, ma’lumotnomalardan qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishga o’rgatish, egallagan nazariy geografik bilimlarini amalda va yangi sharoitlarda qo’llay bilish ko’nikmalarini shakillantirish. O’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadlari quyidagilardan iborat:
O’zbekistoning kelajagi buyuk davlat ekanligini asoslab berish, o’quvchilarda Vatanimiz qudrati va ravnaqidan faxrlanish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakillantirish;
o’quvchilarni tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarga didaktik nuqtai nazardan qarashga o’rgatish;
o’quvchilarni ahloqiy jihatdan to’g’ri tarbiyalash, ularga Vatanga muhabbat, Vatanni himoya qilish har fuqoroning oliy burchi ekanligini uqtirish;
o’qtuvchilarni mehnat tarbiyasiga va kasb tanlashiga yordam berish, hozirgi zamonda o’z o’rnini topishga ko’maklashish;