O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə30/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

1995 yildan 3 marotaba (oxirgisi 2015 yilda) maktab bitiruvchilari- ning (Rossiyada 11-sinf, AQSHda -12-sinf) yutuqlarini aniqlashni o’z ichiga olgan xolda kengaytirilgan tadqiqot ishlari (Advanced TIMSS) olib borildi.
TIMSS –maktabning matematika va tabiiy fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf o’quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va ko’nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bo’lgan munosabati, qiziqishi, hamda ta’limga bo’lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf o’quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy fan-lar bilimining natijalari kuzatib boriladi. SHu yo’sinda maktabning
boshlang’ich va yuqori sinf o’quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi
2019 yilning may oyida Xalq ta’limi vazirligi va YuNISEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “O’quvchilarning muvaffaqiyatli o’zlashtirishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash” mavzusida tadqiqot o’tkaziladi.
Unda respublika bo’yicha tanlab olingan 255 ta maktabda tahsil olayotgan 4- sinf o’quvchilarining matematika, o’qish va tabiatshunoslik fanidan bilimi tajriba tariqasida sinovdan o’tkaziladi. Monitoring uchun TIMSS tadqiqoti materiallari mazmuni, talabidan kelib chiqib, test savollari tayyorlanmoqda.
PISA–o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga mo’ljallangan.
PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi, o’quvchilarda muammoni hal qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o’quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi.
PISA–halqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o’quv dasturlarida mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.
PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki targ’ib qilmaydi yoki umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.
Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o’quvchilarda tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi.
PISA tadqiqoti - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT(OECD – Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.
Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o’tkazilgan bo’lib, har uch yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan.
PISA tadqiqoti o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:

  • ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko’lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;

  • tadqiqotda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o’quvchilar ishtirok etadi;

  • tadqiqotda o’quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko’nikmalarini hayot qo’llay olish layoqati baholanadi;

  • tadqiqotda o’quvchilarning matematika, o’qish (matnni tushunish), tabiiy yo’nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funktsional savodxonligi baholanadi;

  • tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xosligi bo’yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to’planadi.

O’zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega:

  • O’zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash;

  • mamlakatdagi umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash;

  • o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish2.


Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin