O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə29/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarda boshlang’ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va
qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning ta’limda yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta’lim institutlari assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. PIRLS loyihasi to’rtinchi sinf o’quvchilarining o’qish qobiliyatini rivojlantirish darajasini aniqlash bo’yicha yetakchi xalqaro tadqiqotlar orasida. Xalqaro ekspertlar ta’kidlashicha, boshlang’ich maktabda maktab o’quvchilari-ning keyingi tarbiyasida muvaffaqiyat qozonish uchun poydevor qo’yilgan.
PIRLS tadqiqotining natijalari maktab o’quvchilarining o’qish va rivojlanishidagi muvaffaqiyatlarga (maktab va oilaning ta’lim resurslari, ota- onalarning qiziqishi va bolalarning o’qish madaniyatini shakllantirishdagi ishtiroki va boshqalar) ta’sir ko’rsatadigan omillarning regressiv tahlilini ta’minlaydi
PIRLS tadqiqotida 3 ta davr (2001, 2006, 2011) uchun Gonkong (571),
Rossiya Federatsiyasi (568), Finlyandiya (568) va Singapur (567) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda. Qozog’iston ushbu loyihada birinchi marta 2016 yilning aprelida ishtirok etdi.
TIMSS-Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi. Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi (inglizcha – TIMSS Trends in Mathematics and Science Study) - bu dastur bilim yutuqlarini baholash
xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan (IEA). Ushbu tadqiqot boshlang’ich ta’limning 4-sinf o’quvchilari va 8-sinf o’quvchilarini turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlar bilimlarining darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko’maklashadi.
Ushbu tatqiqot 4 yilda bir marta o’tkaziladi. SHu kunga qadar 6 marta 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015 yillarda o’tkazildi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin