O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Qarorda:
ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o’tkazish;
ta’lim sifatini baholash bo’yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlash
Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo’nalishlari etib belgilandi.
Qarorning 9-bandida
xalqaro tadqiqotlar o’tkaziladigan o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy va tarmoq markazlarining o’quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib borish;
xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash va amalga oshirish vazifalari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga yuklatildi.
Xuddi shunday xalqaro tadqiqotlarda O’zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha «yo’l xaritasi» qabul qilingan.
Yo’lharitasiningII bo’limi “Tadqiqot jarayonlarining o’quv-uslubiy ta’minoti” deb nomlangan.
Unda Xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, maktab o’quvchilari savodxonligini shakllantirish bo’yicha ilg’or milliy va xalqaro tajribalarni o’rganish, umumiy o’rta ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlarni o’rganish bo’yicha qo’llaniladigan darsliklar va o’quv-metodik majmualarni yaratish va modernizatsiya qilish bo’yicha mualliflar guruhlarini shakllantirish, xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan ta’lim muassasalarida tegishli targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda xalqaro
tadqiqotlar to’g’risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, Xalqaro tadqiqotlar yo’nalishlaridagi savollarni o’zida mujassam etgan o’quv dasturlari asosida qo’shimcha metodik qo’llanma va adabiyotlar yaratish, xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va o’quv adabiyotlari mazmuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar yo’nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o’quv dasturlariga integratsiya qilish,xalqaro tadqiqotlarga asoslangan holda o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’qitishning shakllari, metodlari va texnologiyalarini yangilash va o’qituvchilarning bu borada xabardorligini oshirish, tayyorgarligini kuchaytirish bo’yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlardagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida talabalarga o’qish, matematika va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi o’quv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish, bitiruvchi talabalarga umumiy o’rta ta’lim muassasalariga ishga kelishda mazkur yo’nalishda tayyor holda kelishlarini ta’minlash kabi tadbirlarga e’tiborimizni qaratmoqchiman.
SHulardan deyarli barchasiga mas’ul etib Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tayinlangan.
SHuning uchun Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari ichida yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida xukumat qarorda qayd etilgan bu tadbirlardanchetdaqolmasligilozim.
SHuning uchun universitetning barcha professor-o’qituvchilar ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borishga zudlik bilan kirishib, milliytajribalarmaydoninitashkil etishtaklifikiritildi. Bunday faoliyatni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib quyidagilarni belgilash maqsadga muvofiq:
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar xalqaro donor tashkilotlarining grantlari;
xizmat ko’rsatishdan tushgan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Bu ishga birinchiqadam sifatida quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-son qarorining mazmun va mohiyatini o’rganish, o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirish yo’nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar holatini tahlil qilish
Yo’nalishlar bo’yicha novator-olimlar guruhlarini shakllantirish
Yo’nalishlar bo’yicha Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalarni tayyorlashga bag’ishlangan ilmiy-metodik seminarlarni tashkil etish.
Albatta, bu ishlarni samarali va tizimli olib borish Milliy markaz ko’magisiz tassavur qilib bo’lmaydi.
SHuning uchun qaror bandlariga asoslanib, Milliy markaz va TDPU o’rtasida tegishli hamkorlik mexanizmlarini o’z ichiga olgan memorandumni tuzish va tasdiqlatish masalasi dolzarb deb hisoblayman1.