Rivojlantiruvchi maqsadlari quyidagilardan iborat:
- o’quvchilarnin ilmiy dunyo qarashini kengaytirish;
o’quvchilarning darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish;
o’quvchilarning harita va yozuvsiz harita ustida mustaqil ishlash amaliy ko`nikmalarini rivojlantirish;
o’quvchilarning nutq va muloqat madaniyatini rivojlantirish.
Shuningdek, o’quvchilarni qiziquvchanliki qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan maqsadlar:
geografik bilimlar va muammolarga qiziqishni uyg’otish;
o’quvchilarga kuzatuvchanlik, eslab qolish, tafakkur, tasavvur va nutq qobiliyatlarini rivojlanishiga imkon yaratish:
o’quvchilarni ular imkoniyati doirasidagi geografik muammolarni yechishga o’rgatish, ularda hodisa va jarayonlarga kompleks va sintetik yondashishni shakllantirish.
Geografiya ta’limida kompetensiyalar
Geografiyani oqitishda o’quvchilarga ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiya berish bilan birgalikda ularda egallagan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish, ya’ni kompetensiyani shakllantirish maqsadga muvofiq.
Kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kompetnsiya shakllantirish xususiyatiga ko’ra tayanch kompetensiya va fanga oid kompetensiya.
Tayanch kompetensiya quyidagi turlarga ajratiladi:
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |