O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə36/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Tayanch so’z va iboralar: kompetensiya, tayanch kompetensiya, fanga oid kompetensiya, ta’limiy maqsad, tarbiyaviy maqsad, rivojlantiruvchi maqsad, qiziquvchanlik qobiliyat.


TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

    1. Tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi nima?

    2. tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    3. Geografiyani o’qitishning ta’limiy maqsadi deganda nimani tushunasiz?

    4. Geografiyani o’qitishning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini tahlil qiling va o’rtog’ingiz bilan fikr almashing.

    5. O’quvchilarning qiziquvchanlik qobiliyati deganda nimani tushunasiz?

    6. Kompetensiz nima? Uning qanday turlari mavjud?

    7. Umumiy o’rta ta’lim maktablari 5-9-sinflarda o’qitiladigan geografiya predmetlari bo’yicha kompetensiyalar jadvalini tuzing va to’ldiring.

VIII BOB. MAKTAB GEOGRAFIYASINING MAZMUNI VA TARKIBI





    1. Geografiyadan Davlat ta’lim standarti

Geografiya ta’limi shakllari va bosqichlariga binoan turlicha tuzilishga ega.


Geografiya ta’limi hozirgi davrda quydagi qismlarga bo’linadi:

  • umuta’lim maktablarida geografiya ta’limi;

  • akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida geografiya ta’limi;

  • oliy geografiya ta’limi;

  • Yordamchi maktablarda geografiya ta’limi;

  • Malaka oshirish muassasalarida geografiya ta’limi.

Umumta’lim maktablari geografiyasining asosiy qoidalaridan biri tabiiy va iqtisodiy geografiyani alohida – alohida o’rganishdir. Bu esa umumta’lim maktablari geografiyasida tabiiy va iqtisodiy geografiyaning asoslarini to’la aks ettirishga imkon beradi.
Umum ta’lim maktabi geografiya kurslari zinapoyasimon tuzilishga ega. Bunda asta-sekin quyi sinfdan, yuqori sinflarga qarab murakkablashib boradi, qaytarishlarga yo’l qo’yilmaydi, lekin yangi ma’lumotlar ilgari o’tilgan ma’lumotlar asosida beriladi. Bu esa o’quvchilarni yangi ma’lumotlarni umuman darsni yaxshi va to’la o’zlashtirishga imkon beradi.
Geografiya predmetining ayrim kurslarini o’rganish tartibi quyidagidan iborat:

  • I-IV sinf – atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik;

  • V sinf – tabiiy geografiya boshlang’ich kursi;

  • VI sinf – materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi;

  • VII sinf – O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiy geografiyasi;

  • VIII sinf – O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi;

  • IX sinf – Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi;

  • X sinf – Amaliy geografiya.


Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin