Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi mavzulari
1
|
I-BOB. Geografiya fani va uning rivojlanishi
|
2
|
2
|
-
|
2
|
2-BOB. Yer - Quyosh tizimsidagi sayyora
|
3
|
3
|
-
|
3
|
3-BOB. Joy plani va geografik haritalar
|
7
|
5
|
2
|
4
|
4-BOB. Yerning qattiq qobig‘i - Litosfera
|
5
|
5
|
-
|
5
|
5-BOB. Yerning suv qobig‘i - Gidrosfera
|
5
|
4
|
1
|
6
|
6-BOB. Yerning havo qobig‘i – Atmosfera
|
8
|
5
|
3
|
7
|
7-BOB. Biosfera. Inson va tabiat
|
4
|
3
|
1
|
|
Jami
|
34
|
27
|
7
|
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o’quv fanida esa kirish, materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi nimani o’rganadi?, Geografik haritalar va ularning turlari. Atlaslar va globuslar, geografik qobiq, dunyo okeani, materiklar va okeanlar tabiati: Afrika materigi, Avstraliya materigi va Okeaniya, Antarktida materigi, Janubiy Amerika materigi, Shimoliy Amerika materigi, Yevrosiyo materigi, Tinch okeani, Atlantika okeani, Hind okeani, Shimoliy Muz okeani kabi mavzular o’tiladi.
O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geograiyasi o’quv dasturida esa kirish, O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, chegaralari va tabiiy geografik o‘lka sifatida o‘ziga xos xususiyatlari, geografik haritalar. vaqt hisobi, O‘rta Osiyoning geologik
tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi, O‘rta Osiyo iqlimi, O‘rta Osiyoning suvlari, O‘rta Osiyo tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari, O‘rta Osiyoning hududiy tavsifi, O’zbekiston tabiatining umumiy tavsifi, O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari tavsifi kabi mavzular diqqat markazida bo’ladi.
O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi o’quv dasturida kirish, O‘zbekistonning geografik o‘rni va ma’muriy-hududiy tuzilishi, O‘zbekistonning tabiiy boyliklari, aholisi va mehnat resurslari, milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi, O‘zbekistonning regional tavsifi o’rganiladi.
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy-geografiyasida jahonning siyosiy haritasi, jahon tabiiy resurslari, jahon aholisi, jahon xo‘jaligi, Yevropa mamlakatlari, Osiyo mamlakatlari, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Amerika mamlakatlari kabi mavzular berilgan.
Amaliy geografiya O’quv dasturida esa Geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha, Yer tabiati, jamiyat va tabiat, amaliy geografik tadqiqotlar, dunyo aholisi, dunyoning geosiyosiy manzarasi va global muammolar, Yevropa va Amerika subregionlari, Afrika subregionlari. Okeaniya davlatlari, Osiyo subregionalari, O‘zbekiston Respublikasi kabi yirik mavzular egallaydi.
O’quv dasturida geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari belgilab berilgan. Malaka talablarida o’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar turlari bo’yicha alohida-alohida ko’rsatib berilgan.
O’quv dasturi har bir mavzuni o’tish uchun soatlar ajratilgan, jihozlar, dars shakillari ko’rsatilgan. O’qituvchilarning bilimi va pedagogik mahoratini oshirishni maqsad qilib, har bir o’quv fani so’ngida o’qituvchilar uchun ilmiy va metodik adabiyotlar ro’yhati keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |