O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


O‘qituvchining kun tartibi va ish o‘rni



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə88/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

2.O‘qituvchining kun tartibi va ish o‘rni.
3.Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari.
4.Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari.
5.O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti sifatida.
6.Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishda materiallar to‘plash.
Tayanch tushunchalar: Pedagogik mehnat, ijodkorlik, o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish yo‘nalishlari va tamoyillari, ijodiy imkoniyatlar, mehnat mexanizmi, kun tartibi, zamonaviy yutuqlar, ilg‘or pedagogik tajriba, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash. Pedagogik mehnat – mehnat turlaridan biri bo‘lib, unda o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar, moddiy va ma’naviy vositalar, mehnat shart-sharoitlari faol o‘zaro harakatda bo‘ladi.
Qachonki, pedagogik faoliyat fan va amaliyotning zamonaviy yutuqlariga, mehnat jarayonini har tomonlama metodologik tahlil etish, barcha omillardan majmuaviy foydalanishga asoslansa, u holda uni ilmiy tashkil etilgan mehnat deb atash mumkin. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishga pedagogikaning alohida sohasi sifatida qaraladi.
O‘qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart – sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. O‘qituvchi mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun mehnatni amalga oshiruvchi o‘qituvchi avvalo o‘z mehnatini rejalashtirishda, o‘zi puxta egallagan pedagogik mahoratiga va o‘z ilmiga tayanishi lozim. Hozirgi zamon axborot kommunikatsion texnologiyalarining taraqqiyoti davrida o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o‘qituvchi tomonidan qay darajada o‘zlashtirilishiga ham bog‘liq. Shu bilan birga o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish uchun fanlar integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng so‘nggi yutuqlarini muntazam o‘zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar axborot kommunikatsion texnologiyalari, matbuot, ilmiy jurnallar, ilmiy adabiyotlar asosida o‘zlashtiriladi.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli foydalanish, o‘zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o‘quv va tarbiya jarayonida har bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni bekorga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik muvaffaqiyat garovidir. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo: - o‘z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi; - ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim – tarbiya jarayonini to‘liq tasavvur eta olishi; - har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini puxta bilishi; - o‘z mehnati mexanizmini, qonuniyatlarini, cheklangan imkoniyatlarini yaxshi anglashi; - ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan unumli foydalanishni bilishi shart.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish bir maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy–foydali mehnat bo‘lib, u yuqorida ta’kidlab 140 2. O‘qituvchining kun tartibi va ish o‘rni o‘tilganlardan tashqari, aql va diqqatni, jismoniy kuchni, shijoat va g‘ayratni talab etadi. O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr–mulohazalarini aniq va mukammal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashga, o‘z kasbini puxta o‘zlashtiradigan yetuk mutaxassis tayyorlashga zamin yaratadi.
Pedagogik mehnatni ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda o‘qituvchining kun tartibi muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi o‘zi uchun eng optimal bo‘lgan va yuqori samara beradigan kun tartibini tanlay olishi lozim. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining kun tartibi uning faoliyati va hayotini tartibga soluvchi asosdir. U yo‘q joyda mehnat unumi ham past bo‘ladi, asablar tez charchaydi, sog‘likka putur etadi. Natijada o‘qituvchi sarf qilgan kuchini qayta tiklay olmaydi, mehnat unumdorligi pasayadi, ish qobiliyati susayadi, oqibatda ta’lim-tarbiyaning sifati yo‘qoladi. Demak, ilmiy asoslangan kun tartibi o‘qituvchilarning o‘z mehnatini to‘g‘ri va mukammal tashkil etish vazifasini hal etishga qo‘yilgan ilk qadamdir desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etish shartlaridan yana biri ish o‘rnini tartibga solish va mehnat sharoitini o‘z faoliyatiga moslashtirishdir. O‘qituvchining ish joyi yashash jarayonining bir qismi bo‘lib, mehnat unumdorligining yuqori bo‘lishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining ish joyi, xususiyati, pedagogik mehnatning mazmuni va xususiyati bilan belgilanadi. Mehnat sharoiti, kun tartibi kompleks tushuncha. Unda o‘qituvchining mehnat qilayotgan joyi, aniq vaziyatlar e’tiborga olinib quyidagi tamoyillar asosida takomillashtirilib boriladi. 3. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari
Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra aniq bir yo‘nalishni belgilash o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning birinchi tamoyilidir. Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirib qizg‘in pedagogik faoliyat uslubini belgilash. Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda axborot va kompyuter texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanishni mukammal bilish tushuniladi. Bunda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar ham e’tiborga olinadi.
To‘rtinchi tamoyil ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda pedagogik faoliyatni rejalashtirish. Ushbu tamoyil reja asosida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan. Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish o‘qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib borish yutuq va kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi. Hisobga olishning eng maqbul yo‘li statistik hisobga olishdir.
Pedagogik nazoratda obektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralik talab qiladi. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish qonunlariga quyidagilar kiradi:
  1. vaqtni maksimal ravishda tejash va


  2. undan samarali foydalanish;


  3. ijobiy mehnat sharoitlari va dam olishni tashkil etish etish hamda samarali foydalanish;. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari 3) mehnat jarayoni barcha ishtirokchilarining salomatligi va har tomonlama rivojlanishi haqida qayg‘urish.


O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish tamoyillari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:


1) optimallashtirish – ta’lim oluvchilarning o‘quv-tarbiya ishlari uchun ijobiy shart-sharoitlarni yaratish;
2) insonparvarlik tamoyili – pedagog va ta’lim oluvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hodisalarni bartaraf etish;
3) estetizatsiyalash tamoyili – ishchanlik qobiliyatini oshiruvchi badiiy unsurlarni kiritish;
4) tejamkorlik – o‘quv mashg‘ulotlarini oqilona tashkil etish;
5) individuallashtirish tamoyili – ta’lim oluvchilarga tabaqalashtirilgan tarzda yondashuv;
6) jamoaviylik tamoyili – alohida xodim va pedagogik jamo mehnatini uyg‘unlashtirish;
7) nazariy va amaliy ta’limni optimal uyg‘unlashtirish tamoyili – qisqa muddatda ta’lim oluvchilarning chuqur va mustahkam bilim olishlarini ta’minlash;
8) kadrlarni oqilona tanlash, ularning malakasini tizimli tarzda oshirib borish tamoyili;
9) pedagogik fanlar rivojini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish va tizimli yo‘lga qo‘yish.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr– mulohazalarini aniq va mukammal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashga, o‘z kasbini puxta o‘zlashtiradigan yetuk mutaxassis tayyorlashga zamin yaratadi. 143 O‘qituvchi mehnati ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishida o‘quvchilar bilan olib borilayotgan faoliyatning quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor berish lozim: - o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning ikki tomonlama bir-biriga ta’siri natijalari; - o‘qituvchining ta’lim oluvchilar jamoasi bilan ishlay olish qobiliyati; - guruh jamoasi faollari bilan olib boriladigan pedagogik faoliyatning ijobiy natijalari. O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning quyidagi vositalarga e’tibor berish lozim.
O‘qituvchi mehnatining ta’lim-tarbiyaviy mohiyati ijobiy natijalar berishi uchun, o‘qituvchi guruh jamoasi bilan o‘tkazilayotgan har qanday tadbirni belgilangan vaqtda amalga oshirishi, mehnat va dam olish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olishi, o‘z mehnati faoliyatida sog‘ligiga, ruhiy holatiga e’tibor berishi lozim. Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda quyidagi boshlang‘ich yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega:
1 – yo‘nalish. O‘qituvchi kasbiga oid faoliyat:
a) o‘z ishiga, mutaxassisligiga oid bilimlarni mukammal egallash;
b) mamlakatimiz Qonunlari, ta’lim sohasiga taalluqli hujjatlarni puxta bilishi;
v) pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisligiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib borish;
g) ta’lim oluvchilar jamoasi va har bir shaxs haqida ma’lumotlarni o‘rganish;
d) ilg‘or va tajribali o‘qituvchilar mehnat faoliyatini o‘rganish va o‘z ishida tadbiq etish; ye) o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash.
2-yo‘nalish. O‘z kasbiy mahorat elementlarini hosil qilish:
5. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti sifatida
a) pedagogik faoliyatga oid, shaxsiy pedagogik mahoratni takomillashtiruvchi ko‘nikma va malakalarni egallash;
b) o‘z mehnatini va qobiliyatini me’yorida to‘g‘ri ishlata olishi;
v) mutaxassislikka oid ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalana olishi uchun diqqatni jamlay bilish.
3-yo‘nalish. O‘quvchilar guruhi bilan ishlay olish:
a) pedagogik faoliyatning shart-sharoitlari va guruh jamoasidagi ma’naviy holatni boshqara olish;
b) guruh jamoasidagi psixologik muhitni doimiy nazorat qilish;
v) ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarga ijodiy yondashuv;
g) pedagogik faoliyatga insonparvarlik va demokratik prinsiplar asosida yondashish;
d) ta’lim oluvchilar xulqi va bilimini o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish; ye) jamoada shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni to‘g‘ri tashkil etish;
j) ta’lim oluvchilarning kundalik rejimga to‘g‘ri va doimiy rioya qilishini tashkil etish. O‘qituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun, avvalo o‘zini atroflicha chuqur o‘rganishi, o‘z ishidagi yutuq va kamchiliklarni ko‘ra olishi kerak. O‘z-o‘zini o‘rganish va boshqa kishini anglash uchun ham zarurdir. Boshqalarning yutuqlarni o‘rganmay, o‘zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o‘zini shaxs sifatida o‘rganish mumkin emas.
O‘zini anglash, o‘zini baholash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat jarayonida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. O‘z-o‘zini tarbiyalash orqali quyidagilarga erishiladi:
1) xotirjamlik;
2) so‘zda ishonch va to‘g‘rilikka;
3) xatti-harakatga mulohaza bilan yondashish;
4) qat’iylik;
5) o‘zi haqida sababsiz biror og‘iz gapirmaslik;
6) lozim narsalardangina foydalanish;
7) har kuni kechasi o‘ziga o‘zi hisobot berish;
8) biror marotaba maqtanmaslik.
O‘z-o‘zini tarbiyalash uo‘z faoliyatini tahlil qilishdan va o‘z shaxsini takomillashtirishdan boshlanadi. O‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, o‘z-o‘zini tarbiyalashda quyidagi usullardan foydalanadi: O‘z–o‘zini bilish jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doirasida ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklar va muammolarning sabablarini, erishilayotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi. O‘z – o‘zini anglash jarayoni o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘ziga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tashqaridan qarash, o‘zini kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish sabablari rasmiylashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi, refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan bog‘liq. O‘z – o‘zini aniqlashtirish jarayonida boshlang‘ich daraja kasbiy ehtiyojlarni hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoliyat rejalashtiriladi. Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi.
Haqiqiy «MEN» va ideal «MEN» nisbatlanadi. Bu o‘qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. O‘z – o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati davomida takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’ni avval foydalanilgan va ularning samaradorligini baholash natijasida tobora optimal bo‘lib chiqqan metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi. O‘z – o‘zini nazorat qilish o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat
6. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish yo‘llari qilib, pedagogik mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini nazarda tutadi. Pedagogik faoliyat o‘z mehnatiga ko‘ra ijodiy tavsifga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir. Ilg‘or pedagogik tajriba deganda o‘qituvchining o‘z pedagogic vazifasiga ijodiy yondashishi, ta’lim oluvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va vositalarini izlab topishdir.
Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o‘quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o‘zgarishlar kiritadi, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o‘quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo‘ladi. Pedagogik tajriba o‘qituvchining o‘quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalari yig‘indisidir. Pedagogik tajribani to‘plash pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u pedagogic faoliyatni samarali tashkil etish omili hisoblanadi.
Pedagogik tajribani to‘plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi:
1. Maqsadni belgilash.
2. Ma’lumotlarni to‘plash.
3. Ma’lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish.
4. Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish.
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichdagi vazifalarini muvaffaqiyatli hal etilishiga uning amaliyot bilan mustahkam aloqasi yo‘lga qo‘yilgandagina erishish mumkin bo‘ladi. Bu boradagi muammolarni hal etishda ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish, ommalashtirish va tadbiq qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg‘or pedagogik tajriba – o‘quv tarbiyaviy ishlarni jadallashtiruvchi doimiy omil, pedagogik jarayonlarni amalga oshirishning eng maqbul va samarali yo‘li sanaladi.
Ilg‘or pedagogik tajriba o‘kituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan shakllar, metodlar, usul va vositalar majmuasida, yoki boshqacha aytganda uning tuzgan pedagogik tizimini ifodalovchi texnologiyasida namoyon bo‘ladi. Ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish – aniq maqsadga yo‘naltirilgan tadbirlarning umumlashgan tizimidir. Pedagogikada oddiy, ilg‘or va ijodiy tajribalar o‘zaro farqlanadi. Oddiy tajriba – ma’lum metodik tavsiyalarni o‘qituvchi tomonidan o‘z imkoniyatlari doirasida muvofiqlashtirib qo‘llashni anglatadi. Ilg‘or tajriba - pedagogika ilmida ilgari surilgan yangi g‘oyani ijodiy qayta ishlash va aniq vaziyatlarga tadbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Ijodiy tajriba esa o‘qituvchining mavjud bo‘lganlaridan jiddiy farq qiluvchi, mavjud ilmiy – pedagogik qarashlardan tashqariga chiquvchi, yanada mukammalroq yangi g‘oyaning amaliy aks ettirilishidir.
Ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va tadbiq qilishdan maqsad ta’lim jarayonini amalga oshirishning yanada mukammal usullarini joriy qilish orqali uning mazmunini takomillashtirib borishdan iborat. Ilg‘or tajribalarni ommaviy tarzda o‘rganish va tadbiq qilish o‘quvtarbiyaviy jarayonlar samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Shu sababli ilmiy izlanuvchilar, ta’lim muassasalarining rahbarlari hamda pedagogik jamoalar har bir o‘qituvchidan ijodiy ishlash sifatlarini tarbiyalash yo‘llarini topishi, rag‘batlantirish hamda ommalashtirishga harakat qilmog‘i lozim.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va shunga asoslangan yangi pedagogik hodisalarni va qonuniyatlarni kashf qilish o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv materialini o‘qitishning yangi mantiqini amalga kiritish, bilish faoliyati muammolari yechimini topishga, yangi tipdagi o‘quv jarayonlarini modellashtirishga turtki berishi mumkin. Xo‘sh, pedagogik tajribalarni o‘rganishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Bunda quyidagi talablarga amal qilish lozim bo‘ladi:
1. O‘rganish uchun o‘zida ta’limning zamonaviy muammolari yechimini aks ettiruvchi tajribani tanlash.
1. Aniqlangan tajribani uzoq davrga mo‘ljallab, ishlab chiqilgan dastur asosida, o‘quv yurtining butun ko‘lamini qamrab olgan holda o‘rganish.
2. Bu boradagi tadbirlarga o‘rganilayotgan tajriba darajasida faoliyat ko‘rsata oluvchi o‘qituvchilarni imkon darajasida ko‘proq jalb qilish.
3. O‘rganilayotgan muammoning o‘zaro ta’sir qiluvchi va tuzatuvchi xarakterga ega ekanligini e’tiborga olish.
4. Ilg‘or pedagogik tajribani uning rivojlanib borish jarayonda o‘rganish.
5. Qo‘llanilayotgan metod va usullarning erishilgan natijalar bilan bevosita uzviy bog‘liqlik omillarini aniqlash. Fikrimizga ko‘ra ijodkor o‘qituvchilar ilg‘or tajribalarni ommalashtirish ishlarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1. O‘z pedagogik tajribalarini umumlashtirish.
2. Hamkasb o‘kituvchilar tajribalarini o‘rganish.
3. Ilg‘or pedagogik tajriba jamoasini tuzish.
4. Ilg‘or pedagogik tajriba maktablarini yaratish.
5. Ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish. Ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda adabiyotlarni tahlil qilish, daliliy materiallarni yig‘ish, kuzatish, pedagogik tahlil va umumlashtirish, taqqoslash va tasniflash, tajriba-sinov o‘tkazish, bilimlarni nazorat qilish metodlari vositasida amalga oshirilishi mumkin. Mazkur metodlardan foydalanishda alohida olingan bitta natija emas, balki umumlashgan natijalar tizimigina haqqoniy manzarani aks ettira olishi mumkinligiga e’tiborni qaratish lozim. Yana ta’kidlash lozimki, yig‘iladigan daliliy ma’lumotlar o‘qituvchiga yoki ta’lim oluvchiga emas, balki pedagogik jarayon mohiyatiga qaratilishi lozim.
1. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mazmun mohiyatini tushuntiring.
2. O‘qituvchining kun tartibi va ish o‘rni qanday tashkil qilinishi kerak?
3. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillari haqida ma’lumot bering.
4. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlarini bayon eting.
5. O‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti ekanligini asoslang.
6. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishda materiallar to‘plash zaruratini tushuntiring.
7. Ijodkor o‘qituvchilar ilg‘or tajribalarni ommalashtirish ishlarini qanday amalga oshirish mumkin?
8. Pedagogik tajribalarni o‘rganishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
9. Pedagogik tajribani to‘plash tizimi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topadi?
10. Nima uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti hisoblanadi?

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin