143
- modulni topshiriqlari bajarib bo’lingandan so’ng munozara o’tkaziladi,
so’ngra guruh tomonidan ma’ruza tayyorlanadi;
- guruh a’zolari tayyorlagan ma’ruzani sinfda himoya qilishadi.
Masalan, Afrika iqlimini o’rganish 6 kishilik guruhga topshirildi deb faraz qilsak,
uni quyidagi 6 ta modulga (qismga) bo’lamiz:
1 modul-Afrika iqlimini shakillanish omillarini o’rganish.
2 modul- Afrikani qish faslidagi iqlimini asosiy xususiyatlarini ochib berish.
3 modul-Afrikani yoz faslidagi iqlimini asosiy hususiyatlarini ochib berish
4 modul-Afrika materigida yog’inlar taqsimotini asoslab berish
5modul-Afrika materigidagi shamollarni asosiy turlari va yo’nalishlarini
aniqlash
6 modul- Afrika iqlim mintaqalarini tavsifini tuzish
Mazkur topshiriqlar (modullar)bajarilgandan so’ng guruh talabalari
tomonidan Afrika iqlimi haqida ma’ruza tayyorlanadi va sinf o’quvchilari
oldida
ximoya qilinadi.
Hamkorlikda o’qitishni “arra” yoki “zig-zag” usuli 1978 yilda E.Aronson
tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan dars o’tish texnologiyasi quyidagi
qismlardan iborat:
- 6-8 ta o’quvchidan iborat kichik guruh tashkil qilinadi;
- bunda ham darsda o’rganiladigan mavzu ma’lum bir mantiqiy modullarga
bo’linadi;
- har bir modul bo’yicha o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlar
tizimi tuziladi;
- ma’lum bir o’quvchilar guruhi bitta topshiriqni bajaradi va mazkur topshiriq
bo’yicha mutaxasisga aylanadi;
- guruhlar qayta tashkil etiladi va har bir guruhda ma’lum
bir topshiriq
bo’yicha mutaxasis albatta qatnashishi zarur;
- har bir topshiriq bo’yicha shakllangan “mutaxasis” o’zi egallagan
bilimlarini sinfdoshlariga gapirib beradi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish usuli 1986 yil R.Slavin tomonidan
ishlab chiqilgan. Mazkur metod bilan o’qitish texnologiyasi
quyidagi qismlardan
iborat:
a) o’qituvchi 4 ta o’quvchidan iborat kichik guruhlar tuzadi;
b) o’qituvchi ma’lum mavzu bo’yicha o’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil
etadi;
v) topshiriq 4 qismga bo’linib, har bir topshiriqni bittadan o’quvchi bajaradi;
g) har bir o’quvchi bajargan topshirig’ini guruhdoshiga tushuntiradi;
d) har bir guruh topshiriq yuzasidan xulosa tayyorlaydi;
e) o’qituvchi har bir guruh xulosasini tinglaydi va ular bilimini baholaydi.
Masalan, O’zbekistonni ma’lum bir tabiiy geografik o’lkasini tabiatini o’rganishda,
sinf o’quvchilarini 4 kishidan iborat kichik-kichik guruhlarga bo’lib quyidagi
topshiriqni berish mumkin (Farg’ona vodiysi misolida):
1-guruh. Farg’ona vodiysining geografik joylashishi va chegaralari hamda
tekshirish tarixi.
2-guruh. Farg’ona
vodiysining geologik tuzilishi, relyefi va foydali
qazilmalari;
144
3-guruh. Farg’ona vodiysining iqlimi;
4-guruh. Farg’ona vodiysining ichki suvlari;
5-guruh. Farg’ona vodiysining tuproqlari, o’simligi va hayvonot dunyosi.
Guruhli usulda o’qitish texnologiyasida sinf ikkita guruhga bo’linadi va ikkala
guruhga bir xil topshiriq beriladi. Masalan, yog’inlar va ularning turlari.
Dostları ilə paylaş: