80
O’quvchilar ongida geografik voqea va xodisalar haqida ongli tasavvur
xosil qilish uchun o’qituvchi hikoya davomida ekskursiya
va sayohatlar davrida
olgan shaxsiy ma’lumotlaridan ham foydalanishi mumkin.
Hikoya yaxshi chiqishi va samarali bo’lishi uchun bayon davomida harita,
gerbariy, maket, diagramma va boshqa materiallardan foydalanish zarur.
Ko’rgazmali qurollar o’qituvchi hikoya yordamida shakillantiriladigan
tasavvurlarni to’ldiradi va aniqlashtiradi. Hikoya davomida geografik borliq,
voqea va hodisalar tasvirlangan rasmlardan ham foydalaniladi.
Hikoya metodi alohida mamlakatlar va o’lkalar geografiyasini o’rganishda
katta foyda beradi.
Hikoyadan darsning turli bosqichlarida foydalaniladi. Hikoya qo’shimcha
bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo’lishi mumkin. Ba’zida
hikoya dars
jarayonida mustaqil o’rin ham egallashi mumkin, uning turli bosqichlarida
tushintirish metodini qo’llash mumkin. Ayrim hollarda o’qituvchi qisqa hikoyadan
tushuntirishga o’tishi mumkin. Masalan, zil-zila jarayonini hikoya qilib keyin uni
sababini tushuntiradi. V-VII sinfarda mavzular ko’proq tasviriy tarzda hikoya qilib
beriladi. Masalan yirik shar-sharalardan Niagara
va Viktoriya yangi Kongo
xavzasidagi nam ekvatorial o’rmonlarni yoki baland tog’ o’lkasi tabiat manzarasini
tasvirlab berish mumkin. VI-VII sinflarda geografik borliq va xodisalarni
tasvirlash,tushuntirish, sharxlash ilmiy dalillar bilan qo’shib olib boriladi, V-VI
sinflarda 3-10 minut, VI-VII sinflarda 10-15 minut, VIII-IX sinflarda 15-20 minut
bo’lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: