O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
13.2.3. Suhbat metodi 
 
Suhbat 
metodi-o’qitishning 
savol-javob 
shaklidir. 
Bu 
metodda 
o’qituvchining savoli va o’quvchining javobi asosiy o’rin tutadi. O’qituvchi suhbat 
davomida o’quvchilar fikrini o’rganiladigan geografik borliq va xodisalarni asosiy 
belgilariga yo’naltiradi va ularni bilish faoliyatini boshqarib boradi. O’qituvchi 
darsda o’tiladigan mavzuni e’lon qiladi, zarur savollarni o’rtaga tashlaydi, suhbatni 
mantiqiy qismlarga bo’ladi, o’quvchilar javobini tinglaydi, javobdagi xatolarni 
tuzatadi va to’ldiradi. 
O’qituvchi suhbat davomida karta va boshqa ko’rgazmali qurollardan hamda 
o’quvchilarni ilgarii olgan bilimlaridan foydalanadi. 
Mazkur usulda o’quvchilar bilimlarini boshqa metodlarga nisbatan 
yaxshiroq o’zlashtira olishadi. Ushbu metodning avzal tomonlari shundaki, dars 
davomida o’quvchilarni bilimlari tekshirib boriladi. Shuning uchun suhbatni 
geografiya ta’limidagi yetakchi metodlardan biri deyish mumkin. lekin hamma 
darslarda ham ushbu metodni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, Quyosh tizimida 
sayyoralar, Yerning quyosh atrofidagi harakati, Beruniyning geografiya faniga 
qo’shgan hissasi kabi bilimlarni suhbat metodi yordamida o’tib bo’lmaydi. Suhbat 
metodini umumiy bilimlarni berib bo’lgandan so’ng, ayrim materiklar 
geografiyasini o’rganayotganda qo’llash mumkin. Masalan, Afrikaning iqlimi, 
Osiyoning relyefi, Janubiy Amirika daryolari va x.k... ya’ni o’quvchilar zarur 
bilimlarni egallab bo’lgandagina ushbu metodni qo’llash mumkin. Ushbu metod 
ikki turga bo’linadi: katexezik (savol-javob); evristik (keng ko’lamdagi) suhbat. 


81 
Katexezik suhbatda o’qituvchining savoliga o’quvchilar qisqa va aniq
javob beradi. Savol-javob orqali geografik ma’lumotlar va xodisalarning 
joylanishi haqidagi bilimlar aniqlanadi. Masalan, Afrika bilan Yevroosiyoning 
chegarasi qayirdan o’tadi, qaysi kanal Shimoliy va Janubiy Amerika qi’alarini 
ajratib turadi, faqat bitta yarim sharda joylashgan materik qaysi, maktabga 180
0
azimutda borsangiz qaysi azimutda qaytib kelasiz va x.k. 
Katexezik suhbat eng oddiy suhbat turi bo’lib xisoblanadi. Bunda 
o’qituvchining qisqa va aniq savollarga o’quvchi qisqa va aniq javob berishi shart. 
Katexezik suhbatda o’qituvchining savollari mantiqiy jihatdan bir-biri bilan 
bog’langan bo’lishi mumkin va ular o’quvchini qaysidir muammoni yechishga
undamaydi. Masalan, Volga daryosi qaysi ko’lga (dengizga) quyiladi, Marianna
cho’kmasi qaysi okeanda joylashgan, O’zbekistonning eng past nuqtasi qaerda 
joylashgan va x. k. Mazkur suhbat o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini 
tekshirish, o’quv materialini mustahkamlash va qisman takrorlash uchun 
qo’llaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin