193
o’ynaydi. O’lkashunoslik tadqiqotlarida o’quvchilar quyidagi faoliyatini amalga
oshirishadi.
O’lkashunoslik bilish faoliyati mazkur faoliyat davomida o’lkashunoslar o’lka
to’g’risidagi alohida tarixiy vaqealar va ma’lumotlar
xaqida bilimlarga ega
bo’lishadi.
Mazkur faoliyat ma’naviy yo’nalishiga ega va turli xil murakkablikka ega
bo’lgan darajalardan iborat. Masalan, o’lka haqida
oddiy bilimlardan tortib
ekspeditsiyalardan olingan murakkab bilimlarga ega bo’ladilar.
O’zgartiruvchi faoliyati. Mazkur faoliyat davomida amaliy-ma’naviy
qadriyatlar barpo qilinadi (ko’rgazmalar, tarixiy o’lkashunoslik burchaklari,
maktab muzeylari, memorial taxtalarni tashkil qilish).
Qadriyatlarga yo’naltirilgan faoliyat ham asosan ma’naviy xususiyatga ega.
mazkur faoliyat natijasida har qanday shaxs o’zi uchun va jamiyat uchun u yoki bu
tarixiy ma’lumotlarni
voqealarni, kishilarni qaxramonligini ahamiyatini anglaydi.
Qadriyatlarga yo’naltiriigan faoliyat ma’naviy qadriyatlarini ishshlab chiqaruvchi
shaklida ularni iste’molchisi sifatida ham namoyon bo’ladi. Masalan, urf-odatlarni
avloddan-avlodga o’tishi. Bunda katta avlod ma’naviy
qadriyatlarni ishlab
chiqarish, yosh avlod esa uni iste’mol qiladi.
Kommunikativ faoliyati o’lkashunosliklarda o’zaro aloqa, munosabat.
Ko’nikma va malakalarni shakilantiradi va rivojlantiradi. Xayotni xar qanday
bosqichida mustaqil ravishda shaxsiy aloqalarni o’rganishga imkon beradi.
Yuqoridagi keltirilgan tarixiy-o’lkashunoslik faoliyatining
hamma turlari bir-
biri bilan chambarchas o’z aro bog’langan va yaxlit faoliyat turi sifatida namoyon
bo’ladi. Masalan, maktabda yoki joyda o’lkashunoslik muzeyini tashkil qilish
davomida memorial taxta o’rnatish o’zgartirish
faoliyatiga kiradi, uni o’rganish
uchun yangi bilimlar olish bilish faoliyatiga kiradi,
mazkur bilimlar ichidan eng
muximini tanlab olish kadirlar faoliyatiga, shaxslar bilan bo’laigan muloqatlar esa
kommunikativ faoliyatga kiradi.
O’lka tarixi o’lkashunoslikning murakkab faoliyatiga kiradi. Bundav tarixiy
materiallarning xajmi katta tarixiy davrni o’z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: