203
tizimiga ega. Shu tufayli ham tabiiy geografik tushunchalar mantiqan va geografik
mazmun jihatdan bir-biri bilan bog’liq. Bunga misol tariqasida “tabiiy hududiy
kompleka”, “geografik qobiq”, “tabiat komponentlari” va boshqalarni keltirish
mumkin. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq muddat talab qilinadigan
jarayon bo’lib, bir necha kurs davomida o’rganiladi. Masalan,
ekologiya
tushunchasini shakllantirish. U quyi sinflardan boshlanib, yuqori sinfgacha davom
etadi. Geografik tushunchalarni shakllantirish jarayoni boshqarilish xususiyatiga
ega bo’lib, uni o’qitivchi amalga oshiradi. O’qituvchi darslik va darsliklar asosida
tushunchalarni ajratadi, ularni egallash, mustahkamlash va amalda qo’llash
bosqichlarini belgilaydi, hamda o’quvchilarni tushuncha mazmuniniqanday
egallash zarurligini ta’minlaydi. Geografik tushunchalar ta’lim
jarayonida sekin
asta rivojlanadi. Darsda shu narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy tushunchalarni
shakllantirish yakka tushunchalarga tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan,
O’zbekiston relyefi tushunchasi shu paytda yaxshi shakllantirilishi mumkinki,
qachonki o’quvchilarda relyef va relyef hosil qiluvchi omillar haqida tushunchalar
mavjud bo’lsa. Quyida O’rta Osiyo tabiati tushunchasini shakllantirish jarayonini
misol tariqasida keltiramiz. Tahlil va abstrakt (mavhum) dan foydalanib,
o’quvchilar hayolan O’rta Osiyoni qicmlarga bo’ladilar. O’rta Osiyoning tog’li
qismi va ularning elementlarini (relyefi, iqlimi) bilan tanishish o’quvchilarni O/rta
Osiyoning tabiati komponentlari aloqadorligini bilib olishga yordam beradi. O’rta
Osiyo relyefi, iqlimi, o’simliklari va boshqa komponentlarini boshqa xududlar
bilan qiyoslash orqali ularning o’ziga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarini
ajratadilar. Keyinchalik esa deduktiv yo’l bilan tabiat komponentlari haqidagi
umumiy tushunchalarga tayanib ular o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni
ajratadilar. O’rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar tabiati
bilan taqqoslash orqali
O’rta Osiyo tabiat kompleksi degan to’liq tushunchani egallaydilar.
Geografik obyektlarni ko’rgazmali qurollarsiz va xaritasiz o’rganish ularga
xos bo’lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Xarita va ko’rgazmali
qurollar
o’rganilayotgan
obyektga
doir
muhim
belgilarni
o’zida
mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Yakka tushunchalarni shakllantirish uchun
o’quvchilar hayolan shu obyektni xarita bilan bog’lay olish kerak. Shu tufayli ham
xarita yakka tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manbadir. Faqat xarita
orqaligina istalgan geografik obyektning geografik o’rniga xos bo’lgan belgilarni
ajratish va shu hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tug’uladi.
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
O’quvchilar o’zlariga tanish obyektlarni o’rganilayotgan obyektlar bilan taqqoslash
orqali ularga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Masalan, Amedaryo
va Sirdaryoni taqqoslashda har ikkala daryoning shumolga oqishini,
uzunligi
deyarli tengligini, ularni baland tog’lardan boshlanishini, to’yinishini hamda
deyarli bir xil ekanligini aniqlaydilar. Obyektlar komponentlarini oddiy qiyoslash
orqali o’qituchi murakkabroq taqqoslashga o’tadi. Masalan, nima uchn ularning
shimolga tomon oqishi sabablarini, irmoqlari, Amudaryo suvining nima sababdan
Sirdaryoga nisbatan loyqa ekanligini kabi ko’plab xususiyatlarini ajratadilar.
Tushuncha quyidagi xollarda o’quvchilar tomonidan egallangan hisoblanadi:
1.
O’quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo’lsa).
204
2.
Tushuncha mazmuniga xos bo’lgan belgilarni ajrata olsa, tushuncha
belgilari o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni farqlay olsa.
3.
O’rganilayotgan geografik obyekt yoki hodisa haqida o’quvchi obrazli
tasavvurga ega bo’lsa.
4.
O’quv vazifalarini bajaraishda tushunchani mustaqil qo’llay olsa.
Tushunchaning muvoffaqiyatli o’zlashtirilishi uchun o’quvchilar e’tiborini
tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratishi kerak. Ishning bunday tashkil
qilinishi o’quvchilarni obyekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali
belgilarni ajratishlari, ularni taqqoslashga va guruhlashga o’rgatadi. Bunda
ekskursiyalar, joyda amaliy ishlar uyushtirish katta rol o’ynaydi. O’quvchilarni
umumiy tushunchalarni mustaqil qo’llay olishi uchu
reprodektiv metod va ijodiy
hamda muammoli topshiriqlarni (qisman o’zgaruvchan va tadqiqot metodlari)
bajarishga o’rgatish kerak.
Geografiyani o’qitishda bilimlarni amalda qo’llash o’ziga xos xususiyatlarga
ega. Bu quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi mumkin:
1.
Amaliy topshiriqlarni, masalan, yer osti suvlarining harakatini, chiqurligini
aniqlash, daryoning suv sarfi, o’rtacha chuqurligini aniqlash va boshqalar.
2.
Geografik bilimlarni tabiat xodisalari va voqealarini tushuntirishda (yil
fasllarining almashinishi yoki siyosiy xaritalarni o’zgarishi) ishlatish mumkin.
3.
Bilimlarni qo’llash avval o’zlashtirgan bilimlarni va yangi bilimlarni
egallash jarayonida ham ishlatish mumkin. Iqtisodiy geografik tushunchalarni
shakllantirish ham o’ziga xos bo’lib, odatda u uchta bo’g’indan iborat bo’ladi.
a)
Kirish. O’quvchilar bu bo’g’inda dastlab mamlakat yoki hududning boshqa
mamlakatlar va hududlar o’rtasida tutgan o’rni, maydoni va aholisi, tabiiy
boyliklari, mehnat resurslari bilan ta’minlanish, xalq xo’jaligidagi ixtisoslik
tarmoqlarining tutgan o’rniga oid ma’lumorlar bilan tanishadilar.
b)
Mamlakat yoki hududning iqtisodiy geografik ta’rifiga ega bo’lgan
xususiyatlari bilan tanishadilar. Shu bo’g’inda to’liq tushunchaga ega bo’ladilar.
c)
Mamlakat yoki iqtisodiy rayonni boshqa iqtisodiy rayon va mamlakatlarga
qiyoslash orqali tushunchani amalda qo’llashga erishadi. Har bir bo’g’in
har xil
ishlashni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: