O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Geografiya xonasida o’qituvchilarni ish joyi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Geografiya xonasida o’qituvchilarni ish joyi.
O’qituvchi odatda o’rta 
qatorni boshida joylashadi. Uning ish joyi o’quv vositalarini namoyish qiladigan 
joy hisoblanadi. O’qituvchi o’tirgan joydan sinfni hamma tomoni va sinfdagi 
barcha o’quvchilar ko’rinib turishi lozim. O’qituvchini ish joyi quyidagi talablarga 
javob bermog’i lozim: 
1. Sinfni barcha tomoni hamda barcha o’quvchilar o’qituvchi nazoratidan chetda 
qolmasligi lozim. 
2. O’qituvchini stoli yonida o’quv vositalarini namoish qiladigan yoki ulardan 
foydalaniladigan moslamalar bo’lmog’i lozim; 
3. Geografiya darslarida ko’p hollarda asosiy o’quv vositasi sifatida haritadan 
foydalanilganligi uchun kartografik vositalarni namoish qiladigan moslamalar 
bo’lishi e’tibordan qochmasligi lozim. 
O’quv vositalarini namoyish qiladigan stolni balandligi 90 sm dan oshmasligi 
lozim, uning yuzasi esa 120x75 bo’lishi zarur. Namoyish stolida proeksion 
apparatlarni, deraza pardalarini, haritalarni tushuntirib va ko’taradigan boshqaruv 
pultini joylashtirish mumkin. Namoyish stoli bilan birga o’qituvchi stoli ham 


208 
bo’lmog’i lozim. Unda o’qituvchini kitoblari, daftarlari, darsga oid materiallar va 
sinf jurnali joylashadi. Mazkur joyda o’qituvchi o’tirib ishlaydi. Stolning baladligi 
75 sm, yuzasi 75x76 sm bo’lmog’i lozim. 
Geografiya xonasidagi sinf taxtasi o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan turli 
o’quv maqsadlarda foydalaniladi, ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
- yozish uchun; 
- chizish uchun; 
- chizmalarni, diagrammalarni, xomaki haritalarni chizish uchun; 
- jadvallarni, rasmlarni joylashtirish uchun; 
- ekranli qo’llanmalarni namoishi uchun; 
- o’qituvchi tomonidan topshiriqlar yozish; 
- o’qituvchi tomonidan dars mavzusi rejasini yozish uchun. 
Sinf taxtalarining o’lchamlari quyidagicha bo’lmog’i lozim: 180x1105 sm 
jadvallar va rasmlarni saqlash uchun yasalgan sandiqlarni o’qituvchiga yaqin 
joylashtirilgani maqul. 
Geografiya xonasida o’quv vositalarini joylash o’quv dasturi bo’limlari va
sinflar bo’yicha bo’lishi lozim. Buning uchun bo’limli shkaflardan foydalaniladi. 
Mazkur shkaflar olinadigan va qo’yiladigan tokchalardan iborat bo’ladi. Bundan 
tashqari jihozlarni saqlash uchun ham sandiqlar bo’lishi lozim. SHkaflarda 
kitoblar, jurnallar, audio, video qo’llanmalar saqlanadi. 
Geografiya o’qitishni texnika vositalarini saqlash va ulardan foydalanish 
uchun moslamalar bo’lmog’i lozim. Masalan, diaproektorlar, kinoproektorlar, 
grofoproektorlar (plyonkalar bilan ishlash uchun). 
Geografiya xonasida turli xil yo’nalishdagi kartotekalar albatta bo’lmog’i 
lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 
- o’qituvchilarni darsga tayyorgarlik kartotekasi. Unda dars mavzusi
mazmuni, o’qitish metodlari va usullari, vositalari, dars rejasi yozilgan bo’ladi; 
- o’quv jihozlari kartotekasi; 
- mavzular bo’yicha masala va mashqlar kartotekasi
- yozma ishlar kartotekasi; 
- mavzuli kartotekalar; 
- qo’shimcha adabiyotlar kartotekasi; 
- jurnallar va gazetalar kartotekasi; 
- davlatlar kartotekasi va h.k. 
Ma’lum bir mavzuga muammolar tayyorlash jarayonida turli xil 
ko’rgazmali qurollardan uyg’unlashgan xolda foydalanishni ko’zda tutilsa 
maqsadga muofiq bo’ladi. 
Matnli ma’lumotlar rasmlar, chizmalar va diagrammalar bilan boyitilgan bo’lmog’i 
lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin