O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Geografik klublar.
Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni darsdan bo’sh 
vaqtlarini ilmiy-bilish faoliyati bilan to’ldirishdir. Geografik kulubdagi ishlar 
to’garak, izostudiya, folьklor ansambli, kinolektoriya va boshqalar bilan birga olib
boriladi. Geografiya jamiyatiga o’xshab geografik klub ham o’quvchilarni kata 
qismini jalb qiladi. Uning o’tkazadigan marosimlarda maktab joylashgan qishloq 
yoki maxallaning aholisi ham qatnashishi mumkin. U faqat geografik bilimlarni
targ’ibot qilibgina qolmasdan o’quvchilarni maktabdagi mashg’ulotlar tugagandan 
so’ng bekorchilik va boshqa keraksiz ishlar bilan shug’ullanishini oldini oladi. 
Chunki u maktab joylashgan maxalla yoki qishloqning madaniy markazi bo’lib 
ham hisoblanadi. Geografik klublar hozirgi vaqda maktabdan tashqari 
muassasalarda ham tashkil qilinishi mumkin. 
O’lkashunoslik muzeyi.
O’lkashunoslik muzeyini jihozlash geogrfik 
to’garak, geografik jamiyat yoki klub asosida olib boriladi. Sinfdan tashqari hamda 
maktabdan tashqari ishlarning natijalari o’lkashunoslik muzeyini tashkil qilish va 
jihozlashda katta ahamiyatga ega. Geografiya to’garagini har bir tarmog’i bo’yicha 
yig’ilgan materiallar muzeyga eksponat sifatida qo’yiladi. Masalan, “Yosh biolog” 
bo’limi muzeyini tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi namunalari bilan 
jihozlashlari va muntazam to’ldirib borishlari lozim, “Yosh iqtisodiy geograf” 
tarmog’i esa joydagi ishlab chiqarish korxonalari maketlari va ularning 
mahsulotlari namunalari bilan muzeyni jihozlashlari mumkin va h.k 


217 
O’lkanunoslik muzeyi sinfdan tashqari ishlarni natijalarini umumlashtirib 
ko’rsatadi. Mazkur muzey ishlarida “Yosh tarixchi” to’garagi a’zolari ham 
qatnashishi mumkin. Ularni qo’llagan materiallari o’lka tarixi bo’limining 
eksponatlarini to’ldiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin