O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

O’quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish
geografik 
to’garaklarda, geografik kechalar, geografik haftalar va boshqa sinfdan tashqari 
ishlarda olib boriladi. Unda o’quvchilar o’qituvchini topshirig’iga binoan tabiat 
haqida turli ilmiy ommabop va badiy adabiyotlar bilan tanishadi. Mazkur 
adabiyotlar bilan tanishish va berilgan topshiriqlarni bajarish davomida ularda 
tabiatning asosiy tarkibiy qismlari, tabiatni qo’riqlash haqida bilimlar shakllanadi. 
Tabiat va tabiatni sevish bo’yicha berilgan topshiriqlarda qo’riqxonalar, milliy 
bog’lar, buyurtmalar, yo’qolib ketgan va yo’qolish arafasida turgan hamda himoya 
qilinadigan o’simlik va hayvonlar dunyosi, noyob tabiat yodgorliklari haqida 
ma’lumotlar muhims o’rin tutadi. 
O’zi yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish.
O’zi 
yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish sinfdan tashqari ishlarni 
bajarishda o’tkazilishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi quyidagi yo’nalishlar 
bo’yicha ma’lumotlar to’plashni o’quvchilarga topshirmog’i lozim: 
-joyni tabiiy geografik sharoiti xaida: geografik joylanishi, geologik tuzilishi; 
foydali qazilmalari; relyefi; iqlimi; ichki suvlari; tuprog’i, hayvonot dunyosi; 
- joyning iqtisodiy geografik sharoiti haqida: iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy 
resurslari; aholisi; xo’jaligi (sanoati, qishloq xo’jaligi), transporti va tashqi 
iqtisodiy aloqalari; 
-rekratsion va turistik obyektlari. 
Mazkur yo’nalish bo’yicha o’quvchilar alohida – alohida topshiriqlar bkerishi 
mumkin. Joyning tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi haqida ma’lumotlar 
bo’lmasa o’quv sayoxatlari davomida yig’ilgan ma’lumoitlardan foydalanish 
mumkin. 
Mazkur maqsadni bajarish davomida o’quvchilar o’z yashayotgan joylari 
haqida bilimlarni yanada chuqurlatirishadi. 
O’quvchilarni tabiiy muhit haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish

O’quvchilarni tabiat haqida, o’z yashash joyini geografik sharoitini o’rganish 
jarayonida tabiiy muhit haqida tasavvurlari yanada kengayadi va rivojlanadi. 
Tabiatni asosiy tarkibiy qismlarini (litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera) 
o’rganish davomida o’quvchilarni tabiiy muhit haqida tasavvurlari kengaya 
boshlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin