209
katta ahamiyat berilmog’i lozim. O’qituvchilarni geografiya xonasida qiladigan
ishlari quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi bosqich
. O’qituvchi geografiya xonasini qabul qilib oladi.
Xonani
qabul qilib olgandan so’ng o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
-kabinetdagi mavjud bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxatini tuzadi. O’quv jihozlariga:
mebellar, barcha o’quv vositalarini namoiyish qilish va saqlash moslamalari
kiradi. Buning uchun barcha ishga yaroqli bo’lgan o’quv jihozlarini ro’yxati
tuziladi. Shu bilan birga ishga yaroqsiz ta’imrlash lozim bo’lgan o’quv
jihozlari
ro’yxati ham tuziladi. O’quv xonasida mavjud o’quv jihozlari optimal xona
jihozlari bilan solishtiriladi va xonaning jihozlar bilan ta’minlanganlik
darajasi
aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich.
Mazkur bosqichda barcha o’quv jihozlari ularga
ajratilgan joylarga o’rnatiladi. O’qituvchi va o’quvchining ish joyi tashkil qilinadi.
O’quv vositalari saqlanadigan joy aniqlanadi va ular o’qitishni texnik vositalari va
geografik haritalardan foydalanish uchun moslamalar bilan jihozlanadi. So’ngra
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- geografiya
xonasini qayta jihozlash, namoyish stendlari uchun materiallar
to’plash, o’lkashunoslik materialini yig’ish bo’yicha ishlar rejasi tuziladi;
- o’lkashunoslik burchagini va muzeyini jihozlash rejasi tuziladi. Unda o’lka
tabiiy va iqtisodiy sharoiti
tarkibiy qismlari namunalari, modellari va maketlari
joylashtiriladi. Masalan, tog’
jinslari namunalari, qishloq yoki shahar modeli,
qishloq xo’jalik yoki sanoat mahsulotlari namunalari;
- geografik maydonchani jihozlash rejasi tuziladi;
- geografiya xonalaridagi barcha jihozlar, asbob-uskunalar ro’yxati tuziladi.
Dostları ilə paylaş: