O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Geografik konferentsiyalar va kechalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

20.2.3 Geografik konferentsiyalar va kechalar 
 
Maktab o’quvchilarini geografiya faniga qiziqtirishni yana bir bosqichi 
“Geografik konferentsiya” hisoblanadi geografik konferentsiyada ishlar quyidagi 
tartibda olib boriladi. 
1. Konferentsiyaning mavzusi aniqlanadi. Konferentsiyaning mavzusi 
geografiya fanining hamda o’lka geografiyasining dolzarb muammolariga 
bag’ishlanadi. Masalan, cho’llanish jarayoni, iqlimni isishi, yoqilg’i resurslarini 
muammosi, demografik muammo, ekologik muammo va h.k. 
2. Konferentsiyaga tayyorgarlik bo’yicha ma’lum bir mavzuga bag’ishlangan
adabiyotlar ro’yxati tuziladi. 10-15 kun avval konferentsiya o’tkazish haqida 
ma’lumot osib qo’yiladi. 
3. Konferentsiyani o’tkazish. Konferentsiya qatnashchilari o’zlari tanlagan 
mavzu bo’yicha loyiha tayyorlashadi va uni konferintsiyada himoya qilishadi. 
Masalan O’zbekiston maktablarida “Orol muammosi”ga bag’ishlangan 
konferentsiya tashkil qilish mumkin. Geografiya o’qituvchisi mazkur muammoni 
quyidagi qismlarga bo’lib har bir bo’lim bo’yicha loyiha tayyorlashni xoxlovchi 
o’quvchilarga topshirishi mumkin: Orolni XX asrning birinchi yarmidagi tabiiy 
geografik sharoiti; Orolni XX asrning ikkinchi yarmidagi quriy boshlashining 
asosiy sabablari; Orolni qurishini geografik oqibatlari; Orolni qutqarib qolish 
bo’yicha loyixalar. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha quyidagi loyixalarni yashab turgan 
joyi bo’yicha tuzilishi mumkin: 
1. Joyining (shahar, tuman, qishloq) geografik joylanishi. Bunda quyidaggi 
ma’lumotlar yoritiladi: matematik geogrvfik joylanishi; tabiiy geografik joylanishi; 
iqtisodiy geografik joylanishi; siyosiy geografik joylanishi; geogekologik 
joylanishi. 
2. Joyning tabiiy resurslari 
3. Joyning tarixi 
4.Joyning iqtisodiy geografik joylanishi 
5. Joyning rekratsion va turistik obyektlari 
6. Joyning rivojlanish kelajagi 
Mazkur mavzularni o’quvchilarga bo’lib beriladi va ular geografik 
konferentsiya uchun ma’ruza tayyorlashadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin