10.3. O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinflarida O’rta Osiyo va O’zbekiston
tabiiy geografiyasi
o’qitiladi. O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi fani
II qismdam iborat bo’lib, o’quv yilining I-II-choraklarida, ya’ni 34 soat hajmda
O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi, III-IV-choraklarda O’zbekiston tabiiy geografiyasi
o’qitiladi.
O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Chunki bu
fanni o’qitish orqali o’quvchilar o’zi yashab turgan Vatani O’rta Osiyo tabiiy
sharoiti va tabiiy resurslarni chuqur o’rganadilar hamda tabiiy unsurlarning bir-
biriga uzviy bog’liq va aloqadorlik qonuniyatlarini tushunib yetadilar. Natijada
O’rta Osiyo tabiatini chuqur va xar tomonlama biluvchi uni tabiiy boyliklaridan
oqilona foydalanib, muxofaza qiladigan yosh avlod voyaga yetadi.
Tayanch so’z va atamalar : Geografik qobiq, litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera, iqlim,iqlim mintaqalari tabiat komponenti, tabiat kompleksi,materik, okean, tabiat zonalari. TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLARI 1.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Tabiiy geografiya o’quv fanlari
dasturlarini tahlil qiling.
2.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Tabiiy geografiya darsliklarining
tuzilishini o’rganib chiqing.
3.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Tabiiy geografiya o’quv fanlari
darsliklarining metodik jihozlanishini tahlil qiling va o’rtog’ingiz bilan fikr
almashing.
4.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Tabiiy geografiya o’quv fanlari
kompetensiyalariga xos jihatlarni ajrating.
5.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Tabiiy geografiya o’quv fanlari
yuzasidan VENN diagrammasi tuzing.