O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

10.2. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi 
 
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi predmeti umumiy o’rta ta’lim 
maktablarining 6-sinfida o’qitiladi.
Materiklar va okeanlar geografik qobiqdan keyin turuvchi tabiat kompleksi 
bo’lib, ular geografik qobiqni tashkil etuvchi komponentlar hamda unda ro’y 
beruvchi jarayonlarning o’zaro qarama-qarshi ta’siri natijasida rivojlanishi 
natijasidir. Geografik qobiq hududiy bo’linishi natijasida nisbatan bir xil 
joylarning murakkab tabiiy tizimiga ajraladi, bu joylar tashqi ko’rinishi va ichki 
xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ularning katta-kichikligi va bir 
xillik darajasi turlicha bo’lishi mumkin 
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiya geografik qobiqning tabiiy 
chegaralar bo’yicha ajratilgan ayrim hududiy birliklarini o’rganadi 
Butun geografik qobiq haqida va uni tashkil etuvchi tizimlar tabiiy 
komplekslar haqida gap ketganda, kishilik jamiyati faoliyatining tabiatga 
ko’rsatadigan juda katta ta’sirini unutmaslik kerak. Umuman geografik qobiq 
va uning ayrim qismlari tabiiy hududiy tizimlar sifatida garchi, Yer sharining 
rivojlanishi jarayonida shakllangan bo’lsada, bu tizimlar kishilik jamiyatining 
ta’sirida ma’lum darajada o’zgargan. Jamiyatning rivojlanish darajasiga,uning 
qaysi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga mansubligiga, o’rganilayotgan hududda 
aholi qay darajada zich joylashganligiga qarab, tabiiy komplekslarning inson 
tomonidan o’zgartirilishi turlicha harakterda bo’lishi mumkin. 
Materiklar tabiiy geografiyasi kursida barcha materiklar va okeanlarning 
ularga tutash qismlari (dengizlar va orollar bilan birga) o’rganiladi. Bunda 
quruqlikka asosiy e’tibor beriladi, okeanlar va dengizlar esa asosan ularning 
materiklar tabiiy sharoitining shakllanishidagi ahamiyati va aholining hayoti 
hamda faoliyatiga ta’siri nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. 
Har bir materikning ta’rifi regional tabiiy geografik ta’riflashning umum 
qabul qilgan muayyan plani bo’yicha beriadi. Bu planni geografnk qobnq 
doirasida tabiiy hududiy komplekslarni hosil qiluvchi tabiat komponentlarining 
o’zaro aloqadorligi va byrbiriga bog’liqligi taqozo etadi. Dastlab materikning, 
uning xususiyatlari, shakli, geografik o’rni, tabiati asosiy xususiyatlarining 
umumiy ta’rifi beriladi. Bu nisbatan kichik kirish qismidan so’ng mazkur 
materikni o’rab turuvchi okeanlarning qirg’oq bo’yi qismlari qisqacha 
ta’riflanadi. Materik umumiy tavsifining oxirida uning tabiatining hududiy 
taqsimlanish xususiyatlari va uning doirasida ajratiladigan tabiiy
 
komplekslar 
tizimi masalasi ko’rib chiqiladi. Geografik qobiqning ajratiladigan regionlari 
murakkab tabiiy komplekslardan i borat bo’lib, ular tarkibida umuman geografik 
qobiqni tashkil etuvchi barcha tabiat komponentlari ishtirok etadi va o’zaro bir-
biriga ta’sir etib turadi. Mazkur kursda rayonlashtirishninu asosiy birligi va 
geografik ta’riflashning asosiy obyekti bir butun, geografik jihatdan alohida 
ajralib turuvchi hudud (yoki orollar bilan bprga olingan akvatoriya)dir; bu 
hudud (yoki akvatoriya)ning asosiy qismi bir iqlim mintaqasida joylashgan 


63 
bo’lib, bir geotektonik oblastga kiradi. Uning doirasida bir iqlim tipi bilan va 
biror morfostruktura tipining ustun turishi bilan harakterlanuvchi nisbatan 
kichik tabiiy hududiy birliklar ajratiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin