71
- chizmalarda ifodalangan sonli ma’lumotlar (diagramma, grafik,
kartogramma, kartodiogramma);
- jadvallarda ifodalangan sonli ma’lumotlar.
Yakka xoldagi statistik ma’lumotlardan foydalanish.
Mazkur guruhdagi
sonli ma’lumotlar guruhlashtirilmagan bo’ladi. Ularni har biri bilan ishlaganda
fikrlash talab qilinadi ayrimlari bilan ishlaganda ularni
esda saqlab qolish talab
qilinadi. Sonlarni esda saqlab qolish va ular haqida fikr yuritishda ular butun son
xoliga keltiriladi, ya’ni kasr son butun sonlarga aylantiriladi. Ayniqsa yodda saqlab
qolinadigan sonlar albatta yaxlitlanishi lozim. O’quvchilar o’z
jadvallarida
yaxlitlangan sonlarni aytishlari lozim. Masalan, Afrikaning maydoni 30 mln. km
2
,
O’zbekiston maydoni deyarli 0,5 mln km
2
va h.k.
Dars jarayonida ishlatiladigan har bir son izoxlanishi lozim. Masalan,
daryoning uzunligini so’rayotganda uni kema qancha vaqtda bosib o’tishini,
davlatlarni maydonini tushuntirayotganda uni g’arbdan sharqqa tomon, shimoldan
janubga tomon qancha masofaga cho’zilganligi va ushbu masofalarni po’ezdda
yoki avtomobilda qancha vaqtda bosib o’tishini tushuntirilsa, o’quvchilarda
maydon tushunchasi tez va oson shakllanadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar jon boshiga hisoblanadi. Masalan, jon
boshiga bug’doy yetishtirish, jon boshiga sanoat mahsulotlari yetishtirish va h.k.
Statistik ma’lumotlar bilan ishlashning muhim
usullaridan biri qiyoslash
xisoblanadi. Bunda sonlarni yodlab qolish shart emas. Masalan, Turkmanistonning
maydoni O’zbekistonnning maydoni bilan deyarli bir xil yoki bo’lmasa Balxash va
Ladoga ko’llarining maydoni deyarli bir xil va h.k.
Bundan tashqari o’quvchilarga sonlarni qiyoslash bo’yicha topshiriqlar ham
berish mumkin. Masalan, O’zbekiston aholisi Osiyodagi qaysi davlatlar aholisidan
ko’p yoki O’zbekistonning maydoni Osiyodagi qaysi
davlatlar maydoni bilan
deyarli bir xil.
Dostları ilə paylaş: