76
metodlarini tanlash ma’lum bir tamoillar asosida olib borilmog’i lozim. Ular
quyidagilardan iborat.
«Tanlangan metod» o’tiladigan mavzuning mazmuniga mos bo’lishi lozim.
Bu metodni samaradorligini birinchi va muhim sharti xisoblanadi. Ko’p xollarda
bir xil mazmundagi dars o’tish uchun yagona bitta metodni qo’llash ko’p xollarda
samara bermaydi. Shuning uchun o’qituvchilarni va o’quvchilarni faoliyatiga mos
keladigan metodlarni tanlash lozim. Bunda o’quvchilarni bilish imkoniyatlari,
ular amalga oshiradigan faoliyatning murakkablik darajasi,
vaqt omili va
geografiya kabinetida zarur bilim manbalarining bor yo’qligi metod turini aniqlab
beradi.
O’qitish metodini tanlaganda o’quvchilarni bilish qobiliyatlarini xisobga olish
tamoyili, bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
o’quv mavzusining murakkabligiga;
nazariy bilimlar hajmiga;
sinf o’quvchilari darajasiga;
o’quvchilarning mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyatiga;
Geografiya bilimlarni xususiyatlarini xisobga olish tamoyili. Geografiya bilimlar
bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
-geografik voqea va xodisalarni tashqi kurinishi haqidagi bilimlar.
Mazkur
bilimlar o’quvchilarda o’rganilayotgan voqealar haqida tasavvurlarni
shakillantiradi. Masalan, tog’lar o’rmonlar, cho’llar, ko’llar, daryolar, haritalar va
x.k.;
-geografiya voqea va xodisalarni fazoda joylashishi
haqidagi bilimlar tabiat
zonalari, iqlim mintaqalari, davlatlar, shag’arlar ma’muriy birliklarini joylashuvi;
-geografiya voqea va xodisalarni xossalari haqidagi bilimlar. Bunday bilimlarga
tuproqning xosildorligi, namgarchilik, bug’lanish, , intensiv va ekstensiv xo’jalik,
tog’ jinslarining qattiqligi, suvning sho’rligi va harorati va x.k.
-geografik jarayonlar haqidagi bilimlar. Mazkur bilimlarga shamol, yog’inlar, suv
erroziyasi, surilmalar,
zil-zilalar, ishlab chiqarish jarayonlari, migratsiya,
urbanizatsiya, vulkanlar va
boshqa jarayonlar kiradi;
-geografik borliq va xodisalarning tarkibi haqida bilimlar. Masalan, tog’
jinslarining tarkibi, yog’inlarning tarkibi, yer resurslarniiing tarkibi, aholining
milliy tarkibi va x.k.
-geografik borliq va xodisalarining tuzilishi haqidagi bilimlar.
Mazkur bilimlarga
yerning qobig’i, yerning tuzilishi, atmosferaning tuzulishi,
yerning ichki tuzilishi,
qishloq xo’jaligining tuzilish, tuproqning tuzilishi, xalq xo’jaligining tuzilishi, xalq
xo’jaligining tuzilishi va x.k.
-geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar, masalan, sabab
va oqibatlar, davriy, fazoviy, funktsional aloqalar.
Mazkur bilimlarning har biri alohida o’qitish usullarini qo’llashni taqazo
etadi.
Qo’llaniladigan metodlar quyidagi talabalarga javob berishi lozim:
a) metod tarbiyaviy bo’lishi lozim, ya’ni o’quvchilarning
rivojlanishga,
qiziqishlariga ta’sir ko’rsatishi lozim;
b) tanlangan metod ilmiy bo’lishi lozim, metod ilmiy jihatdan qanchalik
asoslangan bo’lsa, shunchalik ravshan va aniq bo’ladi:
77
v) metod ommabop bo’lishi lozim;
g) metod samarali bo’lmog’g’i zarur, ya’ni o’quv materiallarini
mustahkamlash egallashga yo’naltirilgan bo’lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: