78
Reja bo’yicha o’quv materialini mazmuni bayon qilingandan so’ng
o’qituvchi xulosa qiladi. Agar o’quvchilar darsni yaxshi o’zlashtirgan bo’lsa,
o’zlari mustaqil ravishda xulosa qilib gapirib berishlari mumkin. Bunda suhbat
metodidan foydalaniladi.
O’quv materiali mazmunini o’quvchilar o’zlashtirishini osonlashtirish
maqsadida o’quvchilar diqqatini eng muhim narsalarga qaratish lozim.
O’quvchilarda eshitish ko’nikmasi asta-sekin shakillanadi. Shuning uchun
turli sinflarda og’zaki bayon davomiyligi turlicha bo’ladi. Quyi sinflarda og’zaki
bayon 5-10 minut, yuqori sinflarda esa darsni to’liq egallashi mumkin.
O’qitishning og’zaki metodlari quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Tushuntirish
2.Hikoya
3.Suhbat
4.Ma’ruza
5.O’qib berish.
Dostları ilə paylaş: