O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Reproduktiv va izlanuvchan metod



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
13.3.3. Reproduktiv va izlanuvchan metod 
 
Reproduktiv metod 
Ma’lum bir tanish sharoitda yoki ma’lum bir namuna 
asosida o’quvchilar bilimi va ko’nikmalarini qo’llashga o’rgatadigan metodga 
reproduktiv metod deb ataladi. 
Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ishlarni 
bajarishga o’rgatishdir. 
Mazkur metodni qo’llaganda o’qituvchi bir qolipdagi savollarni ketma –
ketlikda tuzishi va unga o’quvchilar javob berishlari lozim. 
Mazkur metod bilan tabiiy geografiya iqtisodiy geografiya kurslarida 
bajariladigan ma’lum bir hududni yoki ishlab chiqarish komplekslarini tavsifini 
tuzish vazifalari kiradi. 
Masalan, Farg’ona vodiysiga quyidagi qolipda tabiiy geografik tasir berish 
mumkin: 
a) geografik joylanishi; 
b) geologik tuzilishi; 
v) relyefi; 
g) foydali qazilmalari; 
d) iqlimi; 
e) ichki suvlari; 
yo) tuproqlari; 
j) o’simligi; 


89 
i) hayvonot dunyosi; 
k) tabiiy geografik birliklari. 
Iqtisodiy geografik tavsif tuzilishida ham qo’yidagi qolipdan foydalanish 
mumkin: 
a) iqtisodiy geografik joylanishi; 
b) ma’lum birliklari yoki siyosiy haritasi; 
v) tabiiy resurslari; 
g)aholisi va mehnat resurslari; 
d)xo’jaligining tarkibiy tuzilishi; 
e) sanoati; 
yo) qishloq xo’jaligi;
j) transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari. 
Bundan tashqavri har bir tabiiy geografik yoki iqtisodiy geografik 
komponentlarni o’rganish bo’yicha ham bir qolipdagi savollar tuzish mumkin. 
masalan, iqlimni o’rganishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin: 
a) iqlim hosil qiluvchi omillar; 
b) qishoz va iqlimi; 
v) yog’inlar; 
g) shamollar; 
d) fasllar; 
y) iqlim mintaqalari. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik tasvirni asosiy tarkibiy qisimlaridan bo’lgan 
tabiiy resurslarni o’rganishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin: 
a) Yer resurslari; 
b) iqlim resurslari; 
v) suv resurslari; 
g) tuproq resurslari; 
d) o’simlik resurslari; 
e) miniral resurslari; 
k) rekratsiya resurslari.
Bu yerda tabiiy resurslarni alohida tarkibiy qismlarini o’rganish uchun bir 
qolipdagi savollar tuzish mumkin. Masalan, miniral resurslarini o’rganishda 
quyidagi savollar tuzish mumkin: 
a) yoqilg’i energetika resurslari; 
b) metali foydali qazilmalar; 
v) nometall foydali qazilmalar; va x.k. 
Mazkur metod bilan ishlaganda o’quvchilardan bilish va ko’nikmalarni 
ma’lum bir qolipda qo’llash talab etiladi. 
Qisman izlanuvchan metodning asosiy maksadi o’quvchilarda ijodiy 
ko’nikmalarni hosil qilishdir. O’quvchilarni ijodiy ishga qiziqtirish va o’rgatish 
muammoli yoki ijodiy vazifalarni ishlab chiqish va ularni dars jarayonida 
o’quvchilar tomonidan yechishi orqali amalga oshiriladi. Mazkur vazifalarni 
yechish usullari o’quvchilarga oldindan ma’lum qilinmog’i lozim. Mazkur metodni 
qo’llaganda o’qituvchining faoliyati quyidagilardan iborat bo’ladi; 
-o’qituvchi vazifani ishlab chiqadi va uni o’quvchilarga e’lon qiladi; 


90 
-so’ngra o’qituvchi vazifani alohida qismlarga bo’lib yuboradi yoki alohida 
savollar tuziladi; 
O’quvchilar mazkur vazifani yechish davomida kuyidagi faoliyatni amalga 
oshiradi; 
-vazifani to’la va har tomonlama tushunishi lozim; 
-bir ketin ma’lum bir qismlarga bo’lngan vazifani yechishadi. Bunda ular qisman 
izlanuvchanlikni amalga oshiradi. Izlanuvchanlik ishlari o’qituvchi rahbarligida va 
uni boshqarishda amalga oshiriladi. 
O’qituvchi materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida. Shimoliy 
Amerikaning tabiat zonalari mavzusida o’quvchilarga quyidagi savollar berish 
mumkin: “Qadimgi muzliklar Shimoliy Amerika tuproqlariga qanday ta’sir 
qilganini tushuntirib bering”. O’quvchilar maskur savollarga birdaniga javob bera 
olishmaydi, shuning uchun o’qituvchi uni ayrim qismlarga quyidagicha bo’lib 
chiqadi: 
- muzlar Shimoliy Amerika materigida qanday ishlarni amalga oshirgan?; 
- Shimoliy Amerika qaysi qismida tuproqlar yosh, shimoldami yoki 
janubdami?; 
- qanday tuproqning qalinligi katta bo’ladi, qadimgilarnimi yoki yoshrog’ni?; 
- nima sababdan Kanada to’plam Orolidagi tuproqlar yupqa va toshli? 
Mazkur savollarga o’quvchilar javob berib bo’lishgandan so’ng o’qituvchi 
dastlab bergan savolini qaytaradi «Qadimgi muzliklar Shimoliy Amerika 
tuproqlariga qanday ta’sir etgan» o’quvchilar endi mazkur savolga to’liq javob 
berishadi. Mazkur metodni qo’llaganda evristik suhbatdan foydalanish katta 
samara beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin