84
Ma’ruza metodini ko’proq kirish va yakuniy mavzularni va mavzular guruhini
-o’tishda qo’llash ham yaxshi samara beradi. Masalan, jahon siyosiy haritasi, jahon
tabiiy resurslari, jahon xo’jaligi, materiklar yoki qit’alar
hamda regionlar siyosiy
haritasi va xo’jaligi va boshqa mavzularni o’rganishda.
Ma’ruza o’quvchilarni qiziqishini oshirish uchun va uni o’zlashtirilishni
osonlashtirish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
- ma’ruzani rejasini e’lon qilish yoki sinf taxtasiga yozib qo’yish;
- ma’ruza davomida turli xil mavzuga oid ko’rgazmali vositalardan
foydalanish (kartalar, jadvallar, chizmalaar, rasmlar);
- ma’ruzani eng muhim joylarini baland ovozda, alohida urg’u berib o’qish;
- o’quvchilarni ma’ruzani yozib olishga o’rgatish;
- ma’ruzani o’qish davomida faqat ko’rgazma vositalardangina emas, balki
sinf taxtasidan ham turli xil xomaki kartalar
va chizmalar chizishda keng
foydalanish;
- ma’ruza davomida uchraydigan barcha geografik nomlar nomi sinf taxtasiga
yozilishi lozim. Bunday sharoitda o’quvchilar geografik nomlarni yozishda va
talaffuz qilishda xatoga yo’l qo’yishmaydi;
- o’quvchilarni faolligini oshirish maqsadida o’qituvchi vaqti-vaqti bilan
sinfga savol bilan murojat qilishi va ma’lum bir vaqtdan so’ng unga o’zi javob
berishi darkor:
- ma’ruzani so’ngida o’qituvchi o’quvchilarning savollariga javob beradi.
Mazkur talabalardan tashqari ma’ruza mazmunanbir butun bo’limni,
ma’ruza qamrab olgan masalalar tugal bo’lishi,
ilmiy jihatdan mukammal va
ko’rgazmali bo’lishi lozim.
Ma’ruza yuqori sinflarda 30-40 minutga mo’jallanadi. Ma’ruza boshqa
metodlar bilan bilan birga olib boriladi. Mazkur darslarda mustaqil ishlarga vaqt
qolmaydi, o’quvchmilar asosan nazariy bilimlar olishadi va keyingi darslarda olib
boriladigan mustaqil ishlar uchun zamin yaratiladi. Savollar ma’ruzani oxirida
berilgani maqul.
Dostları ilə paylaş: