O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Darsliklar ichiga qo’yladigan kartalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Darsliklar ichiga qo’yladigan kartalar.
Geografiya predmetlarining 
oxirida alohida karta ilova qilinar edi. Hozirgi vaqtda darsliklarni matnida kartalar 


97 
berilmoqda. Bunday haritalar tabiiy geografik va iqtisodiy geografik voqea va 
hodisalarni tasvirlaydi. Ular oq-qora va rangli bo’lishi mumkin. Tabiiy geografik 
haritalar ko’pincha rangli xolda beriladi. Ayrim iqtisodiy geografik haritalar 
ko’pincha rangli xolda beriladi. Ayrim iqtisordiy geografik voqea va xodisalarni 
ko’rsatishda oq-qora rangdan foydalaniladi. Masalan, foydali qazilmalar, 
taransport, ayrim ekinlar, chorvachilik kartalari hamda siyosiy kartalar rangli 
tasvirda beriladi. Ko’p hollarda materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf), 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (9-sinf) kurslarini darsliklari matnlarida 
kartalar ko’proq beriladi. 
Atlaslar ma’lum bir mavzuda va yo’nalishlarda tuzilgan kartalar 
jamlamasidir. Atlaslar tuzilishi va mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
egallagan maydoniga ko’ra; yulduzlar atlasi; dunyo tabiy geografik atlasi; dunyo 
iqtisodiy geografik atlasi; alohida materik va okeanlar atlasi; alohida davlatlar 
atlasi; va x.k.; mazmuniga ko’ra: tabiiy geografik; iqtisodiy; temir yo’l; o’quv 
atlaslari va x. k. 
Har bir sinf uchun o’quv atlaslari mavjud. masalan, 5-sinf atlasi, 6-sinf 
atlasi, 7-sinf atlasi, 8-sinf atlasi, 9-sinf atlasi. 
O’quv atlaslari quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
- atlasda ko’rsatilgan geografik borliq va voqealar soni darslikdagidan 
ko’proq bo’lmog’i lozim; 
- atlas o’quvchilar uchun ma’lumotnoma vazifasini bajarishi lozim; 
- atlasda geografik nomlar ro’yxati albatta bo’lishi zarur;
Atlasda kartalar soni 40-45 tadan kam bo’lmasligi lozim. 
Chiziqli kartalar.
Ular geografiya ta’limida keng qo’llaniladi. Ular asosan 
o’quv va nazorat maqsadlarida ishlatiladi.
Chiziqli kartalar o’quv maqsadlarida quyidagi hollarda qo’llaniladi: 
- chiziqli haritaga tabiiy geografik borliq nomlarini tushirish
( daryo, ko’l, dengiz va x.k.), bu esa geografik nomlarni o’quvchilar 
tomonidan yaxshi eslab qolinishiga imkon beradi; 
- tog’lar, daryo xavzalari, izotermalar, tabiat zonalari chegaralarni chiziqli 
haritaga tushirish; 
- davlatlarni chegaralarini chiziqli haritaga tushirish; 
- iqtisodiy rayonlarni chiziqli haritaga tushirish; 
- qishloq xo’jaligi ekinlari chegaralarini chiziqli haritaga tushirish. 
Chiziqli haritalar nazorat maqsadida ham ishlatiladi. Buning uchun quyidagi 
shartlar bajarilishi lozim: 
-sinfdagi barcha o’quvchilarda bir xil chiziqli karta bo’lmog’i lozim; 
-barcha o’quvchilar uchun bir xil shartli belgilar berilishi zarur; 
-barcha o’quvchilar chiziqli kartalarida masshtab, legenda, o’quvchining ismi 
sharfi bir xil joyda ko’rsatilgan bo’lmog’i lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin