99
Harita masshtabi bilan ishlaganda o’quvchilar geografik borliqni kichrayish
yoki kattayishi darajalari bilan tanishishi lozim. Buning uchun avval yirik, o’rta
va mayda masshtablar haqida tushunchalarga ega bo’lmoqlari lozim. Shundan
so’ng har xil geografik borliqni, masalan CHorbog’ suv omborini kengligi va
uzunligini aniqlashlari lozim. O’quvchilar geografik kartada masofani taxminan
aniqlashlari uchun ayrim geografik borliqni uzunligini aniqlab uning yordamida
kerakli masofani topishlari mumkin. Masalan, Saxalin orolini uzunligi 1000 km,
shundan foydalanib Osiyodagi joylarni uzunligini topish mumkin. Biror joyni
uzunligini topish uchun Saxalin orolini xayolan joylashtiriladi va masofa
aniqlanadi. Masalan, uzunligi aniqlangan joygacha 2 ta Saxalin oroli sig’sa demak
uning uzunligi 2000 km ekan.
Bundan tashqari daraja to’ridan foydalanib ham masofani o’lchash
o’quvchilar o’rganmog’i lozim. Buning uchun 1
0
yoyning uzunligini bilish kifoya.
Meridian bo’yicha 1
0
yoyning o’rtacha uzunligi 111 km. agar ikki nuqta orasidagi
masofa 10
0
bo’lsa u kmda quyidagicha ifodalanadi: 10.111=1110km.
Dostları ilə paylaş: