101
Joyning yoki ma’lum bir hududning foydali qazilmalari tegishli foydali
qazilma turi kartasining o’qish asosida amalga oshiriladi. Bunda avval yoqilg’i-
energitika foydali qazilmalari kartasidan neft-gaz ko’mir konlari aniqlanadi,
metalli foydali qazilmalar kartasidan qora, rangli va nodir metallar konlari
aniqlanadi. Nometall foydali qazilmalar haritasidan esa qurilish, kimyo sanoati
xom ashyosi konlari aniqlanadi. So’ngra joyda yoki hududda qaysi foydali
qazilma turi kengroq tarqalganligini o’quvchilar aniqlashadi.
Iqlim haritalarini o’qish orqali o’rganiladi. Bunda yozgi va qishki harorat
izotermalari, yozgi va qishki shamollar yo’nalishi, yog’in miqdori, sovuqsiz
kunlar soni va boshqa kartalar o’qiladi, tahlil qilinadi va tegishli xulosalar
chiqariladi. O’quvchilarning xulosalari o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqiladi va
baholanadi.
O’quvchilar joyni yoki ma’lum bir hududni gidrografik sharoitini tuzilishini
o’qituvchi rahbarligida tabiiy haritani o’qish va tahlil qilish asosida o’rganishadi.
Ular
o’qi
tuvchini topshirig’iga binoan avval daryolarni, so’ngra ko’llar va
muzliklarni aniqlashadi va ularni ro’yxatini tuzishadi.
O’quvchilar joyning tuproq va o’simlik qoplami kartalarini o’qish va tahlil
qilish asosida asosiy tuproq va o’simlik turlarini aniqlashda va tegishli xulosalar
qilishadi.
Materiklarni tabiiy geografik sharoiti o’rganilganda o’quvchilar tabiat
zonalari kartasini o’qish va tahlil qilish asosida mazkur materikda tarkib topgan
tabiat zonalarini aniqlashadi. Mazkur kartani o’qish va tahlil qilish asosida joyning
yoki ma’lum bir hududning tabiiy geografik tavsifi o’quvchilar tomonidan
tuziladi. Iqtisodiy geografik tavsifdan tegishli iqtisodiy kartalarni o’qish va tahlil
qilish asosida tuziladi.
Dostları ilə paylaş: