O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Gidrosfera 
mavzusini 
o’rganishda 
tajriba 
metodidan 
foydalanish.
Gidrosfera mavzusini o’qitish jarayonida quyidagi tajribalarni 
o’tkazish mumkin: 
-suvni isiganda kengayib soviganda torayishi; 
-tog’ jinslarining o’zidan suvni turlicha o’tkazishni; 
-suvning tushish burchagiga qarab tog’ jinslarini yuvilishi va jarlarni xosil 
bo’lishi; 
-sharsharani vujudga kelishini. 
Suvni isiganda kengayishi, soviganda torayishini quyidagi tajribada ko’rish 
mumkin (O.Mo’minov, 1986): 
-kolbaga suv quyiladi va suvga bir necha tomchi siyox tomizib rangli 
qilinadi; 
-suvning kolbadagi satxi (kolbaning tor og’zi)ga ip boylab belgilanadi va 
kolbaning og’zi o’rtasidan shisha naycha o’kazilgan qopqoq bilan yaxshilab 
berkitiladi; 


112 
-kolbadagi suvni spirt lampasi yordamida qizdiriladi. Shunda suv ip bilan 
belgilab qo’yilgan satxdan yuqori ko’tarilib, shisha naycha ichiga kiradi. 
Turli tog’ jinslarini suvni turlicha o’tkazishini quyidagi tajribada ko’rsatish 
mumkin: 
-ikkita shisha varonka shtativga o’rnatiladi va ularning pastki teshigi paxta 
bilan berkitiladi; 
-birinchi kolbaga yarim stakan gil (tuproq), ikkinchisiga yarim stakan qum 
solinadi; 
-voronkalardagi gil va qum ustiga yarim stakan suv quyiladi; 
-tajribada suv qumdan tez o’tishi va gildan juda sekin o’tishi aniqlanadi. 
-suv quyilishi va uni qum yoki tuproqdan o’tishi vaqtini belgilab yer osti 
suvlari tezligini ham aniqlash mumkin. 
Bundan tashqari turli tog’ jinslarini suvda eruvchanligini ham o’rganish 
mumkin. Buning uchun tslindrgva suv quyiladi va unga o’rganilayotgan tog’ 
jinslarining bir bo’lagi solinadi va uning to’la erish vaqti kuzatiladi. Eriydi tog’ 
jinslariga turli xil tuzlar, tuproqlar va qumtoshlar kiradi. 
Mazkur tajribalar asosida o’quvchilar turli tog’ jinslarini turlicha suv 
o’tkazishi va yer osti suvlarini harakati haqida bilimlarga ega bo’lishadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin