O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n
Diagramma va chizmalar bilan ishlash. Maktab geografiyasi darslarida
diagramma va chizmalardan juda ko’p foydalaniladi. Diagramma va chizmalarda
raqamli ma’lumotlar ifodalaniladi.
Diagramma orqali ma’lum bir ko’rsatgichlarni boshqasidan kattaligi yaqqol
ko’rsatish mumkin.
Diagramma va chizmalarni chizish usullari bilan o’quvchilar matematika
darslarida tanishishadi.
Shuning uchun geografiya darslarida to’g’ridan-to’g’ri ularni moxiyati va
mazmuniga o’quvchilar diqqatini qaratadi.
Diagramma va chizmalarni tushintirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
-diagrama
va
chizmalarda
nimalar
tasvirlanganini
o’quvchilarga
tushuntiriladi;
-diagramma va chizmalarda qanday tabiiy geografik va iqtisodiy geografik
voqea va hodisalar tasvirlangani ochib beriladi;
-diagramma va chizmalarda qanday bog’liqlik yoki qonuniyatni aniqlash
mumkinligi tushuntiriladi. Masalan, Tabiiy geografiya darslarida iqlim mavzusini
o’rganishda yer yuzasiga tushayotgan issiqlik miqdorini quyosh nurlarini tushishi
burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizma. Bunda quyosh nurlari ekvatorial
tropik mintaqalarda. Yer yuzasiga tik tushishi, shuning uchun mazkur mintaqalarda
quyosh issiqligini miqdori katta, qutublarda esa quyosh nurlarini tushish burchagi
kichik shuning uchun bu yerlarda yer yuzasiga kelayotgan quyosh issiqligini
miqdori kam ekanligi oqibatida qutbiy o’lkalar muz va qor bilan yil davomida
qoplanib yotganligi asoslab beriladi. Iqtisodiy geografiya darslarida diagramma va
chizmalar orqali aholini, mineral resurslarni, sanoat va qishloq xo’jaligi
ko’rsatgichlarini ifodalash mumkin.
Maktab
geografiyasida
statistik
ma’lumotlarni
quyidagi
metodik
ma’lumotlarni qo’llashi mumkin:
-statistik ma’lumotlar geografik bilimlarni manba siftida foydalanilganda;
-o’rganilayotgan mavzu nazariyasi bilan uning statistik ko’rsatgichlari
orasidagi bog’liqlik o’rganiladi;
-predmetlararo aloqalardan foydalanishda. Masalan, matematika bilan.
Bunday aloqalar diagramma, chizma, xisoblash ishlarini amalga oshirganda
qo’llaniladi;
124
- Darslik matnidagi va xaritalardagi statistik ma’lumotlardan foydalaniladi;
- yangi mavzularni o’tishda statistik ma’lumotlardan foydalanishdi;
- o’tilgan darsni mustaxkamlashda statistik ma’lumotlardan foydalanishdi;