O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Geografiya kurslarida sonli ma’lumotlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

13.5.2. Geografiya kurslarida sonli ma’lumotlar 
 
Maktab geografiya ta’limida juda ko’p sonli ma’lumotlar mavjud. Ular 
tabiatshunoslik kurslaridan tortib amaliy geografiya kurslarigacha uchraydi. Sonli, 
ya’ni statistik ma’lumotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakillantirish 
o’quvchilarni bilish va fikrlash faoliyatini rivojlantirishda juda katta axamiyatga 
ega. 
Geografiya darsliklarida uchraydigan statistik ko’rsatgichlarni quyidagi 
guruhlarga bo’lishimiz mumkin: mutloq o’lchamlar; nisbiy o’lchamlar; 
koeffitsentlar. 
Mutloq o’lchamlar
ma’lumot axamiyatiga ega bo’ladi, ular orqali 
geografik xudud, voqea va hodisalarni o’lchamlari beriladi masalan, davlatlar 
maydoni, aholi soni, tog’larining balandligi, daryo uzunligi, okeanlar maydoni va
chuqurligi va x.k.
 
Nisbiy o’lchamlar 
mutloq o’lchamlarni qiyoslash natijalarini ifodalaydi, 
geografik voqea va xodisalarni qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Masalan,
havoning o’rtacha xarorati, bosimni o’zgarishi, demografik jarayonlarni kechishi, 
ishlab chiqarishni joylashishi va x.k. 
Koeffitsentlar 
alohida voqea va xodisalarni o’ziga xos xususiyatlarini 
ifodalaydigan ko’rsatkichlar. Masalan, filьtrayatsiya koeffitsienti, namlanish 
koeffitsenti, iqtisodiy rayonlarni ixtisoslashuvi aholi va sanoatini o’sishi suratlari 
va x.k. 
Tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslarida qo’llaniladigan statistik 
ma’lumotlarni yana quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin: 


120 
- yakka raqamlar shaklida, asosan mutloq qiymatlarda, masalan tonna, 
kelometr, kilovatt-soat, kelogramm va x.k.; 
- chizma tarzida (diagramma, grafik, kartogrammalar, kartadiagrammalar) 
ifodalangan raqamlar; 
- statistik jadvallar tarzida ifodalangan raqamlar. 
Maktab geografiya darsliklarida uchraydigan raqamlar bilan ishlashni 
quyidagi shakllari mavjud: 
a) kerakli statistik ma’lumotlarni yig’ish; 
b) statistik ma’lumotlarni solishtirish; 
v) umumlashgan statistik ko’rsatkichlarni aniqlash; 
g) grafik, diagramma va jadvallardagi statistik ma’lumotlarni tax-lil qilish;
d) grafik, diagramma va jadvallar tuzish. 
Kerakli statistik ma’lumotlarni yig’ish 5-sinfdan boshlanadi. Mazkur 
ma’lumotlarni o’quvchilar ob-havo kalendari bilan ishlaganda yig’ishadi. Bunda 
o’qituvchi ma’lum bir oyni tanlab olib ob-havoni kuzatishni tashkil qiladi. Bundan 
tashqari 5-sinfda gidrosfera, litosfera va beosfera mavzularini o’rganish davomida 
statistik ma’lumotlarni yig’ib tegishli qonuniyatlarni aniqlash mumkin. 
Umumlashgan ko’rsatkichlarni geografik moxiyatini o’quvchilar chuqur 
anglashlari lozim ular asosida o’quvchilar to’g’ri va aniq geografik xulosalar
qilishlari lozim. 
Masalan, o’quvchilar “iqlim” mavzusini darslik asosida o’rganishayotganda 
umumlashgan statistik ko’rsatgichlar iqlimni okean, dengizlarga yaqinligirga 
bog’liq ekanligini aniqlashga imkon beradi. 
Turli xil chizma va diagrammalarni tahlil qilish uchun o’quvchilarda 
tafakkur yuqori darajada rivojlangan bo’lmog’i lozim. Matematika, tarix, 
chizmachilik, geografiya fanlarini o’rganayotganda o’quvchilar ongida ikki 
turdagi aloqalar shakllanadi: 
- vaqt va miqdoriy tasavvurlar orasidagi bog’liqlik; 
- fazoviy va miqdoriy tasavvurlar orasidagi bog’liqlik. 
Chizma va diagrammalar bilan ishlash jarayonida mazkur ikki tur aloqalar 
bir-biri bilan bog’lanadi, ya’ni bitta tizimni hosil qiladi chizma va diagrammalar 
bilan ishlaganda o’qituvchi predmetlararo aloqalarga ko’proq e’tibor bermog’i 
lozim. Avval chizmada minus (manfiy) va musbat qiymatlar kardinata o’qini qaysi 
tomonida joylashishi haqida tushunchalar beriladi. 
Shundan so’ng birin-ketin iqlimni tahlil qilishga o’quvchilarni undaydi: 
- koordinata o’qlari belgisini aniqlash; 
- koordinata o’qlarida mashstabni aniqlash; 
- chizma yoki diagrammani miqdoriy tahlil qilish; 
- chizma yoki diagrammani sifat jixatdan tahlil qilish. 
Yuqorida ko’rsatilgan faoliyatlarning eng murakkabi iqlimiy chizma yoki 
diagrammalarni miqdoriy va sifatiy tahlil qilishdir. Chizma yoki diagrammani 
miqdoriy tahlilida miqdoriy ko’rsatkichlar va bog’liqliklar o’rganiladi. Bunday 
tahlil o’quvchilarni matematik bilimlariga asoslanadi. 
Sifat jihatdan baholashni metodik yo’llaridan biri 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin