123
Kombinatsion jadvallar murakkabroq bo’ladi. Masalan,
ishchi kuchi
ixtisosligi bilangina emas,
balki jinsi, yoshi bilan ham guruhlashtiriladi.
Kombinatsion jadvallar guruhlarini solishtirishga imkon beradi.
Darslikda keltirilgan jadvallardagi statistik ko’rsatgichlarni tahlil qilishga
kirishishdan oldin o’quvchilarga tahlilni maqsadini tushuntirish lozim. Jadvallarni
tahlil qilish dars jarayonida amalga oshirish lozim. Ularni
tahlil vazifa sifatida
bermaslik lozim. Chunki jadvallar bo’yicha tushunmovchiliklar tug’ilishi mumkin.
Maktab geografiyasi kurslarida voqea va xodisalarni statistik tahlildan oldin
ularni nazariy jixatdan asoslab berish lozim. Masalan, iqlim haqidagi statistik
ma’lumotlarni tahlil qilishdan avval iqlim hosil qiluvchi
omillar haqida nazariy
bilimlar berib o’tish lozim.
Jadvallarni tahlil qilayotganda statistik ko’rsatgichlarni qiyoslash iqtisodiy
geografiya darslarida katta axamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: