110
1.O’quvchilarga kuzatishni maqsadi, vazifalari, mazmuni va obyekti haqida
so’zlab berish lozim. Bunda kuzatish dasturini ishlab chiqish katta ahamiyat kasb
etadi.
2. O’quvchilarga tegishli asboblar bilan ishlashni o’rgatish lozim (Kompas,
barometr, flyuger, nivelir va x.k.)
3. Kuzatish natijalarini aniq qayd etishni o’rganish lozim (daftarga, kuzatish
jurnaliga)
4. Kuzatish natijalarini umumlashtirish va qayta ishlash ko’nikmalarini
shakillantirish. Masalan, o’rtacha sutkalik, oylik va yillik haroratlarni xisoblash,
daryo oqimini hisoblash; bosim chizmalarini tuzish; korxonani ishlab chiqarish
aloqalari chizmasini tuzish.
5. O’quvchilarni geografik voqea va xodisalar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni
aniqlashga o’rgatish. Masalan, iqlimiy sharoit va qishloq xo’jaligi o’rtasidagi
bog’liqlik.
6.O’quvchilarni kuzatish ishlariga qiziqish uyg’otish zarur. Buning uchun
kuzatish ishlarini muntazam nazorat qilib turish zarur. Ularga kuzatish ishlarini
oldindan aytmaslik kerak.
Kuzatishning mazmuni xilma-xil bo’lmog’i lozim va sinfdan sinfga o’tgan
sari murakablashib borishi zarur. Dars jarayonida kuzatish natijalaridan muntazam
foydalanib borish kerak.
O’quv yili boshida mavzular bo’yicha kuzatish natijalaridan foydalanish
rejasini tuzmoq zarur. Geografik voqea va xodisalarni kuzatish malakalari ortishi
bilan o’quvchilarni mustaqil ish olib borish qobiliyatlari ortib boradi kuzatish
davomida o’quvchilarni mustaqilligini oshirish tartibi quyidagilardir:
-o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida kuzatish olib borishadi. Kuzatish
sinfda, geografiya maydonlarida yoki joylarda olib boriladi. Asosan havo harorati,
yog’inlar, shamollar quyoshning balandligi kuzatiladi;
-o’qituvchi bergan reja asosida o’quvchilarni tabiatda va ishlab chiqarishda
olib boriladigan mustaqil ishlari (meteorologik, gidrologik, fenologik, xo’jalik)
kuzatish natijalarini o’quvchilar mustaqil ravishda qayta ishlashadi va
umumlashtiriladi;
-o’quvchilarni kuzatish ishlari dasturini ishlab chiqishda qatnashishi. Ular
tomonidan uzoq vaqt kuzatish ishlari olib borilishi va ularni natijalarini
umumlashtirishi (diagramma, harita, chizmalar tuzish)
Kuzatish metodlarini takomillashtirishning asosiy yo’li o’quvchilarni
mustaqilligini oshirishdir.
Dostları ilə paylaş: