111
Tabiiy geografiyani qator mavzularini o’rganishda tajribalar o’tkazish
muhim o’rin tutadi. Tajriba yordamida murakkab tabiiy geografik jarayonlar sodir
bo’lishini o’quvchilarga sinf sharoitida ko’rsatish mumkin.
Geografiya o’qitish metodikasida quyidagi tajribalar o’tkaziladi:
1.Litosfera mavzusini o’rganishda o’tkaziladigan tajribalar
2.Gedrosfera mavzusini o’rganishda o’tkaziladigan tajribalar
3.Atmosfera mavzusini o’rganishda tajribalar.
Litosfera mavzusini o’rganishda tajriba metodidan foydalanish.
Mazkur mavzuni o’tishda cho’qindi jinslarni xosil bo’lishini, burmalarni vujudga
kelishini tajribada ko’rsatish mumkin.
Cho’kindi jinslarni xosil bo’lishini tajribada quyidagicha ko’rsatish mumkin.
buning uchun 1l shisha bankaga yarim litr suv quyiladi. Unga qum vag il solinadi
va so’ngra banka silkitiladi. Silkish jarayonida qum va gil suv bilan aralashadi va
loyqa hosil bo’ladi. Shundan so’ng banka stol ustiga qo’yilib tindiriladi. Tindirish
jarayonini o’quvchilar kuzatib turishlari lozim. Tindirish jarayonida banka tubiga
avval og’irroq jins yani qum tusha boshlaydi va qum qatlami xosil bo’ladi so’ngra
yengilroq gil qatlami cho’ka boshlaydi hamda qum qatlamini tepasida gil(loyqa)
qatlami xosil bo’ladi, uni tepasida suv qatlami joylashadi.
Tajribadan so’ng o’qituvchi sinfga quyidagi savollar bilan murojat qiladi:
- qaysi tog’ jinslari oldinroq cho’kdi;
- qaysi tog’ jinslari keyinroq cho’kdi;
- nima uchun idish tubida hosil bo’lgan jinsni cho’qindi tog’ jinsi deb
ataladi;
- cho’qindi tog’ jinslarini qanday belgilarga qarab aniqlash mumkin;
Tog’ tizmalarini yoki burmalarni xosil bo’lishini ko’rsatish uchun 20-30
dona qog’oz varag’i yoki o’quvchilarni daftarlaridan foydalanish mumkin. buning
uchun qog’ozlar qatlami yoki sinf daftari stol ustiga gorizantal xolatda qo’yiladi.
So’ngra ikki tomonidan siqiladi, natijada tog’ tizmasi va tizmalar orasidagi vodiy
(botiq) xosil bo’ladi. Vertikal qatlami esa burmalarni vujudga kelishini ifodalaydi.
Bundan tashqari graben va gorstlerni xosil bo’lishini plastilindan foydalanib
o’quvchilarga ko’rsatilsa ham bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: