O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Izlanuvchan metod.
O’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatadigan metod 
izlanuvchan metod deb ataladi. Qisman izlanuvchan metod yordamida o’quvchilar 
o’qituvchi yordamida qisman ijodiy ish olib borish ko’nikmasiga ega bo’lishdi. 
Izlanuvchan metodda esa o’quvchilar mustaqil ravishda izlanish olib borishadi. 
Bunday ishlarni amaliy geografiya kurslarida, o’lkashunoslik bo’yicha olib 
boriladigan ishlarda qo’llaniladi. Mazkur vazifalar umum ta’lim maktablarida
asosan o’quv sayoxatlarida hamda mustaqil ishlarni bajarish davomida bajariladi. 
Masalan, o’quv sayoxatiga chiqilganda hududni o’simliklarini o’rganish, hududni 
xo’jaligini o’rganish va x.k. Mustaqil ishlar bajarish davomida quyidagi 
muammolarni yechish mumkin Orol muammosini hal qilish yo’llari; Toshkentdan 
Farg’ona vodiysiga temir yo’l o’tkazish yo’nalishini aniqlash; O’zbekistonda suvni 
tejash usullarini asoslash; O’zbekistonda shakar ishlab chiqarishni asoslab berish; 
O’zbekistonda mashinasoslikni rivojlantirish muammolarini hal qilish yo’llari va
x.k. 
Muammoli vazifalarni yechishda faqat tabiat va jamiyat to’g’risida yangi 
bilimlarnigina topib qolmasdan mazkur muammoni yechishning yangi samarali 
yo’llarni ham qidirish lozim. Bu esa o’quvchilarni ijodiy tafakkurini 
rivojlantirishga, yangi metodlarni o’rganishga va ularda ijodiy faoliyatni 
ko’nikmalarni shakillantirishga yordam beradi. Izlanuvchan metodni qo’llaganda 
o’qituvchining vazifasi muammoli vazifani ishlab chiqish va ularni o’quvchilar 
oldiga qo’yishdan iborat. O’quvchilarni vazifasi esa mazkur muammoni qabul 
qilish, o’ylab ko’rish va yechishdan iborat. Demak reproduktiv, qisman 


91 
izlanuvchan va izlanuvchanlik metodlari bevosita mustaqil mashg’ulotlar 
jarayonida bajariladi. Mustaqil mashg’ulotlar odatda o’quvchilarni topshirig’iga 
binoan o’qituvchini ishtirokisiz amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning asosiy 
belgilari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: og’zaki javob; yozma ish; chizma ishlari; 
kartografik ishlar va x.k. 
Mustaqil ishlar uchun vazifalar ikki turga bo’linadi: bir qolipdagi: 
muammoli yoki ijodiy. 
Bir qolipdagi vazifalar reproduktiv metodga kiradi. Bunda o’quvchilardan 
o’xshash o’quv jarayonida bir qolipdagi savollarga javob berish talab etiladi. 
Iqtisodiy yoki muammoli vazifalarni yechish qisman izlanuvchan va 
izlanuvchan 
metodlar 
yordamida 
amalga 
oshiriladi. 
Mazkur 
metodlar 
o’quvchilardan bilim va ko’nikmalarni yangi o’quv sharoitida qo’llashni va 
mustaqil fikrlashni talab etadi. Bir qolipdagi vazifalar yangi bilimlarni olishga va 
ilgari olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga imkon beradi. 
O’qitish metodlarini tanlash va o’quvchilarni bilish faoliyatini va o’qish 
jarayonini samaradorligini baholash bilimlarni o’zlashtirish darajalari orqali 
amalga oshiriladi. Geografiya o’qitish metodidagi o’zlashtirish darajalari 6-
jadvalda keltirilgan. 
Geografik bilimlarni o’zlashtirish darajalari
(L.M.Pancheshnikova) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin