O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Geografiyani o’qitishda o’quvchilarda mustaqil va ijodiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
12.2. Geografiyani o’qitishda o’quvchilarda mustaqil va ijodiy 
faoliyatini tarkib toptirish 
Geografiyani o’qitishda o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib 
toptirish o’quvchilar bilan birgalikda va o’quvchilar mustaqil bajaradigan ishlar: 
darslik, yozuvsiz xarita, rasm, jadval, statistik ma’lumotlar va qo’shimcha 
adabiyotlar bilan ishlash hamda amaliy mashg’ulotlarni bajarish katta ahamiyatga 
ega.
Geografiya ta’limida rasmlar juda keng qo’llaniladi. Ular orqali geografik 
voqea va hodisalarni tasviri bilan birga ularni o’ziga xos xususiyatlari va
qirralarini ham ochib beradi. 
Rasmlar (kartinalar) quyidagi xususiyatlarga ega: 
- rasmlar o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilishga imkon beradi. 
Rasmlardan foydalangan holda o’qituvchi uning mazmuni haqida so’zlab berishi 
mumkin, o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishi mumkin yoki o’quvchilarga rasmni 
mustaqil tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar berishi mumkin. Masalan, cho’l tabiati 
tasvirlangan rasm, Qizilqum tabiiy geografik o’lkasini o’rganayotgan bo’lsa 
o’qituvchi o’quvchilarga rasmni tahlil qilish asosida Qizilqumni asosiy relyef 
shakillarini, o’simlik va hayvonot dunyosi haqida yozma ish bajarishni topshirishi 
mumkin. Rasm osib qo’yilganda sinfni hamma joyidan aniq ko’rinib turishi kerak; 
- juda yaxshi ishlangan rasm geografik obyekt, voqea va hodisalar haqida 
tasavvurlar xosil qilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ularni ayrimlari
tabiatni kuzatish ishlarini o’rnini bosishi mumkin. Masalan, o’quvchilar cho’l 


70 
yoki tog’ relyef shakllarini rasmda ko’rib, ular to’g’risida to’la tasavvurga ega 
bo’lishi mumkin. Rasmlar ayniqsa bevosita ko’rib yoki o’rganib bo’lmaydigan 
geografik voqea va hodisalarni o’rganishda katta ahamiyatga ega. Masalan, 
Antarktida tabiati, Tornado, Sunami va h.k. Demak rasmlar geografik voqea va 
hodisalar haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi; 
- o’quv rasmlari (kartinalari) aniq geografik voqea va hodisalarni 
umumlashgan tasviri hisoblanadi. Badiiy rasmlar yoki foto suratlardan farq qilib, 
ularda voqea va hodisalarning ayrim xususiyatlari bo’rtirilib ko’rsatiladi. Bunda 
geografik voqea va hodisalarni eng muhim jihatlari oson o’zlashtiriladi, ikkinchi 
tomondan mazkur obyekt voqea, hodisalarning muhim jihatlarini ikkinchi darajali 
jihatlaridan ajratib olish imkonini tug’diradi. Bilimlarni shakllantirish jarayonida 
rasmlarni o’rganish va tahlil qilish o’qituvchi yordamida amalga oshiriladi. 
Bilimlarni tekshirish va baholashda esa o’quvchilar rasmlarni mustaqil ravishda 
o’rganishadi, tahlil qilishadi va xulosalar yozishadi. Rasmlarni o’rganishdagi 
bunday yondoshish ikkita muhim ta’limiy muammolarni yechishga imkon beradi: 
o’quvchilarni geografik bilish metodlari bilan tanishtiradi, o’quvchilarda mantiqiy 
fikrlashni, abstrakt-nazariy tuzilmalarni ishlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon 
beradi. Bunday faoliyat o’quvchilarni hissiy qabul qilishiga tayanadi.
 
Rasmlardan foydalanishning asosiy talablari quyidagilardan iborat: 
- rasm dars mavzusi mazmuniga mos tushishi lozim; 
- rasmda geografik obyekt, voqea va hodisalarni eng muhim xususiyatlari 
tasvirlangan bo’lmog’i lozim; 
-rasm aniq va ravshan ko’rinmog’i lozim. 
Misol uchun O’zbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarovni tabiat 
manzaralariga bag’ishlangan rasmlaridan O’zbekiston va O’rta Osiyo tabiiy 
geografiyasini o’rganishda keng foydalanish mumkin. Mazkur rasmlarni tahlil 
qilish asosida o’quvchilar ongida umumiy tushunchalar oson va tez 
shakllantiriladi. Masalan, yassi va to’lqinsimon tekisliklar, burmali, palaxsali va 
qoldiqli tog’lar tropik o’rmonlar, Antarktida muz qoplami, cho’llar,tog’lar va h.k. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin