68
Shu sababli, o’qituvchi har bir o’quv fani mazmunidagi tushunchalarni
belgilab olishi, diqqat markazini o’q uvchilarda shu tushunchalarni shakllantirishga
qaratishi lozim.
Tushunchalar mavzudan mavzuga o’tgan sari asta-sekin rivojlantirilib,
mukammallashib boradi, shunga ko’ra tushunchalarni
shakllantirish bilan bir
qatorda rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, tushunchalarni o’quvchilar birdaniga
egallay olmaydilar, tushunchalarni hosil bo’lishida yuqorida qayd etilgan
bosqichlarni amalga oshirish, buning uchun esa muayyan vaqt kerak bo’ladi.
Faktlardan tushunchalarni keltirib chiqarish uzoq davom etadigan jarayon bo’lib,
eng muhimi tushunchalarni «tayyor» holda berishdan saqlanish, qiyinchiliksiz
qabul qilingan tushunchalar tez esdan chiqishini unutmaslik kerak.
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish
bosqichlariga amal qilishi,
o’quvchilarning aqliy faoliyati jalb etishi, ular tomonidan obyektlarni taqqoslash,
o’xshashlik va farqini topish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi mantiqiy
fikr yuritish operatsiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini egallashlariga zamin
yaratishi lozim.
Geografiya o’quv
fani mazmuni mantiqiy izchillikda shakllantirish,
rivojlantirish va o’zaro aloqada bo’lgan tushunchalar tizimidan iborat.
Geografiya o’quv fani mazmuniga geografiya fanining geologiya,
geomormologiya, gidrologiya, iqlimiy, tuproqshunoslik, geobotanik, zoogeografik,
iqtisodiy geografiyaga oid ma’lumotlar kiritilgan bo’lib, tushunchalar tizimi shu
fan asoslari bilan belgilanadi.
Shu sababli, geografiya o’quv fanining asosiy geografik tushunchalari sirasiga
geologik,
geomorfologik, gidrologik, iqlimiy, tuproqshunoslik, geobotanik,
zoogeografik, iqtisodiy geografik tushunchalarni kiritish mumkin.
Geografik tushunchalar mazmuni va mohiyatiga ko’ra: oddiy va murakkab,
xususiy va umumiy geografik tushunchalarga ajratish mumkin.
Ma’lumki, har bir tushuncha avval oddiy, so’ngra boshqa oddiy tushunchalar
bilan birlashib murakkab tushunchalarni hosi qiladi.
Umumiy tushunchalar bir xil xususiyatga ega bo’lgan ko’p narsa hodisalarni
gavdalantiradi. Ularga alohida narsa va hodisalar kirmasdan, balki bir xil nom
bilan ataluvchi narsa va hodisalar kiradi. Butun tabiatdagi barcha voqea va
hodisalarga ta’luqli geografik qonuniyatlar to’g’risida
va ayrim geografiya kurs-
larining maxsus tushuncha-larini umumlashtiruvchi tushunchalar umumiy
geografik tushunchalar hisoblanadi
Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta mavzuda rivojlantiriladigan
tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi. Masalan, Farg’ona vodiysini qanday
tog’lar o’rab turadi? Qizilqum cho’li O’zbekistonning qaysi qismida joylashgan?
Kaynazoy erasida respublikamiz yer yuzasi qanday o’zgardi? Yoqilg’i resurslari
Respublikamizning qaelarida ko’p tarqalgan?, Nima sababdan Quyi Amudaryo
iqtisodiy rayonida sholichilik rivojlangan? va h.k. Bunda Farg’ona vodiysi,
Qizilqum cho’li, kaynazoy erasi, yoqilg’i resurslari,
Quyi Amudaryo yakka
tushunchalar. Ularga javob topish uchun tabiiy, geologik va tektonik kartalardan
foydalanish zarur bo’ladi.
Xususiy tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
69
-
Tabiiy geografik xususiy tushunchalar;
-
Iqtisodiy geografik tushunchalar;
-
Kartografik tushunchalar.
Xususiy tushunchalar umumiy tushunchalar kabi bir-biriga chambarchas
bog’langan
Geografiya o’quv fani mazmuni mantiqiy izchillikda shakllantirish,
rivojlantirish va o’zaro aloqada bo’lgan tushunchalar tizimidan iborat.
Bu tushunchalar tizimi geografiya predmetiga kiritilgan fan asoslari bilan
belgilanadi. Geografik o’rin, geologik tuzilish, rel’ef, iqlim,
ichki suvlar, tabiat
zonalari, tabiiy resurs, aholi, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, tashqi iqtisodiy
aloqalar maktab geografiya kursining asosiy geografik tushunchalaridir.
Geografik bilimlarning bilish xususiyatiga ko’ra tushunchalar quyidagi
turlarga bo’linadi:
- Geografik voqea va hodisalarning tashqi ko’rinishi haqidagi bilimlar.
- Geografik voqea va hodisalarning fazoda joylashuvi haqidagi bilimlar.
- Geografik voqea va hodisalarning xossalari haqidagi bilimlar.
- Geografik jarayonlar haqidagi bilimlar.
- Geografik borliq va hodisalarining tarkibi haqidagi bilimlar.
- Geografik borliq va hodisalarning tuzilishi haqidagi bilimlar.
-Geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar.
Tushunchalar mavzudan mavzuga o’tgan sari asta-sekin rivojlantirilib,
mukammallashib boradi, shunga ko’ra tushunchalarni shakllantirish bilan bir
qatorda rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: