59
shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda
milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom
ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim
sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan
tafakkur
va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida
foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslik fanini o‘rganishning birinchi davri I va II sinflarda
Atrofimizdagi olam fanida Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi,
tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida,
III-IV
sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi haqida
boshlang‘ich tavsiflar beriladi.
Zamon talablari asosida xalqaro masshtabida o‘quvchilarga ta’lim
-tarbiya
berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondashuvni
kuchaytirishga qaratilgan. Tabiatshunoslik fanini o‘qitishda ham fanlararo
integratsiyaga alohida e’tibor qaratish zarur. O‘qish, matematika,
texnologiya va
tasviriy san’at fanlari bilan o‘zaro bog‘liklikda o’qitish dars samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda
o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan
foydalanishi
dars samaradorligining oshishiga va o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini
yanada oshirishga xizmat qiladi.
Tabiatshunoslik
o’quv fanini o’rganish jarayonida o‘quvchilarda
shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Dostları ilə paylaş: