Milliy va umummadaniy kompetensiya: -
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish
maskanlarini asrab avaylash va ularning qadriga yetish.
-
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalariga doir albomlar
tayyorlay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: -
harita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq
hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki
rejalarni tuza olish, uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab
ishlatishga amal qilish.
Tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda
fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
9.2. Tabiatshunoslik Tabiatshunoslik fanini hozirgi zamon talablari asosida o‘qitishda insoniyat
uchun muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalarining rivojlanishi, ularning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik
hayotda tutgan o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan
fanning tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish.
Tabiatshunoslik fanida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va
tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim
maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni
o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va
o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga
e’tibor qaratishdan iborat.
Tabiatshunoslik fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolar haqida tushunchalarni
shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda
qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.