O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

MAVZUNI 

O„QITISHDA 

ZAMONAVIY 

PEDAGOGIK 

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. 

 

3.1.  Yoshlarni  insonparvarlik  ruhida  tarbiyalashda  badiiy  adabiyot  imkoniyatini 



targ‟ib qilish usullari. 

3.2.  “Alisher  Navoiy  ijodiy  merosida  insonparvarlik  g„oyalarining  aks  etishi  va 

ularning  yosh  avlod  ma‟naviy  kamolotidagi  o„rni”  mavzusi  bo„yicha  dars 

ishlanmasi. 

 

XULOSA 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI 

 



 

 



 

KIRISH 

 

Muammoning  dolzarbligi.  Har  bir  xalqning  butun  dunyo  taniydigan,  butun  dunyo  tan 

olgan ulug„ farzandlari bo„ladi. Alisher Navoiyni esa dunyo XV asrda – shoir hayotligidayoq tan 

olgan. Mana, besh asrdan ziyod vaqt o„tibdiki, turli millat va xalqlar daho shoirimizning durdona 

asarlaridan bahramand bo„lib keladi.  

Ma‟lumki,  ota-bobolarimiz  qadimdan  bebaho  boylik  bo„lmish  ilmu  ma‟rifat,  ta‟lim  va 

tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi  deb bilgan. Yoshlarni 

tarbiyalashda ilmiy-ma‟naviy  qadriyatlarning o„rni juda katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu 

haqda  gapirganda  Navoiyni  eslash  muhimdir.  Xalqimizning  yuksak  adabiy  merosiga, 

qadriyatlariga,  tiliga  bo„lgan  “...  muhabbat,  uning  beqiyos  boyligi  va  buyukligini  anglash 

tuyg„usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz 

bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko„p bahramand etsak, milliy 

ma‟naviyatimizni  yuksaltirishda,  jamiyatimizda  ezgu  insoniy  fazilatlarni  kamol  toptirishda 

shunchalik qudratli ma‟rifiy qurolga ega bo„lamiz”.

1

  



Yoshlarda  o„tmish  merosiga  hurmat  ruhini  shakllantirish,  ularni  vatanparvarlik, 

millatparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda insoniylik, mehnatga muhabbat tuyg„ularini tarbiyalash 

yoshlar tarbiyasining muhim  tomonlari hisoblanadi.  Ushbu masalalar Alisher Navoiyning  qator 

asarlarida  turli  obrazlarda  o„z  aksini  topgan.  Navoiy  o„zbek  adabiyotida  (o„ziga  qadar  bo„lgan 

ruboiylarga  nisbatan)  eng  ko„p  ruboiylar  yaratib,  bu  she‟riy  shaklni  birinchi  darajali  (g„azal, 

masnaviy  kabi)  janrlar  qatoriga  olib  chiqdi,  uning  tematikasini  kengaytirdi,  falsafiy  salmog„ini 

oshirdi, ruboiyga hayotiy masalalarni olib kirib, bu janrni turmushga yaqinlashtirdi. Navoiyning 

ruboiylari hayotiy  voqea  ta‟sirida  yuzaga  kelganligi  va  uslubi  original  va  obrazlarining  konkret 

bo„lishi  bilan  ajralib  turadi.  Navoiy  ruboiylarida  muhim  ijtimoiy  masalalarni  turli  xil  poetik 

priyomlar va badiiy vositalar orqali ifodalagan. Bu esa uni chinakam she‟riy javohirlar darajasiga 

ko„targan.  Alisher  Navoiyning  ijodiy  merosi  –  o„zbek  madaniyatining,  umuman,  jahon 

madaniyatining  boqiy  qadriyatlaridandir.  Binobarin,  biz  yoshlar  –  uning  vorislari  bu  buyuk 

merosga g„oyat katta hurmat – e‟tibor bilan, e‟zozli munosabatda bo„lishimiz zarur.  

Alisher  Navoiy  jahon  adabiyotining  ulug„  namoyondalaridan  biri  ekanligini  bilamiz.  U 

butun  faoliyati  va  ijodiyotini  insonning  baxt-saodati  uchun  kurashga,  xalqning  osoyishtaligi, 

obodonchilik ishlariga, ilm-san‟at va adabiyot taraqqiyotiga bag„ishladi. Ye.E. Bertels “Lisonut-

                       

1

 Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch. T “Ma‟naviyat”. 2008. 47-48 betlar 




 

tayr”  asaridagi  hikoyalar  munosabati  bilan  to„g„ri  ta‟kidlab  o„tganidek,  ko„pgina  epizodlarning 



(ya‟ni hikoyat, rivoyat) paydo bo„lishi Navoiyning boy hayotiy tajribasi bilan bevosita aloqador

1



Biz Alisher Navoiyni mutafakkir shoir sifatida ulug„laymiz. Mutafakkir so„zining ma‟nosi 

tafakkur  sohibi,  keng  va  chuqur  falsafiy  mushohada  yuritish  istehdodiga  ega  bo„lgan  kishi 

degani. Bu  ish  har  qanday  iqtidorli  qalam  ahlining  ham qo„lidan  kelavermaydi. Shuning  uchun 

ham dunyoda shoiru yozuvchi ko„p o„tgan bo„lsada, ulardan juda oz qismigina bu sharafli nomga 

loyiq  ko„rilgan.  “Agar  bu  ulug„  zotni  avliyo  desak,  u  avliyolarning  avliyosi,  mutafakkir  desak, 

mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.

2

 

Alisher Navoiy asarlari yaxlit olganda hayot qomusiga o„xshaydi. Chunki biror-bir hayotiy 

masala,  insonga  xos  qadriyat  va  tuyg„ular  yo„qki,  u  qalamga  olmagan  bo„lsa,  inson  tarbiyasi, 

kamoloti masalalarini o„zbek adabiyotida hech kim Navoiydek kuylamagan. 

Alisher  Navoiy  ijodi  o„ziga  xos  hikmat  bo„stonidir.  O„zingizda  tug„ilgan  har  qanday 

savolga  javob  izlab,  unga  murojaat  qilsangiz,  ahvoli  ruhiyatinga  mos  bir  hikmat  topib, 

maqsadingiz  hosil  bo„lishi,  ko„nglingiz  taskin  topishi  shubhasiz.  Shoir  asarlari,  hikmatlari 

hayotdan olinganligi, shaklan go„zal, mazmunan teran, badiiy yuksak ekanligi uchun ham biror-

bir zamonda o„z ahamiyatini yo„qotmay, barcha toifaga mahqul bo„lib kelyapti va to yer yuzida 

inson  avlodi  yashar  ekan,  ularning  qimmati  zarracha  kamaymaydi,  bilg‟aks  tobora  ortib 

boraveradi.  

Komillikdagi  eng  birinchi  belgi  halollik  va  poklikdir.  Shoir  o„z  asarlarida  inson  kim 

bo„lishidan qathiy nazar, halol va pok bo„lishi kerak, deydi. Alisher Navoiy orzu qilgan halol va 

pok inson nafaqat tashqi qiyofa, balki ichki ma‟naviy qiyofaga ega bo„lgan insonlardir. Masalan, 

Farhod,  Iskandar,  Majnun,  Suhayl,  Navfal,  Shirin,  Layli,  Dilorom  va  boshqalar  halollikning 

timsollaridir.  




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin