O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi iskandar tuxliyev bahodirxon safarov



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/53
tarix12.06.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#128771
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
3baccaa0bc83eb64fa076dd82d05bd18 TURIZM ASOSLARI

Luks klass. Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda, odatda, 
eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi: 5 yulduzli hashamatli 
mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida 
uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport, luks 
klass mashinalari, alohida gid xizmatlari va hokazo. Bunday turlar 
VIP-xizmat ko‘rsatish turkumi (razryadi) bo‘yicha taqdim etiladi.
Birinchi klass. Bu ham nisbatan yuqori darajali xizmat ko‘rsatish 
bo‘lib, 4–5 yulduzli mehmonxonalarga joylashtirishi, biznes klass 
darajadagi 
samolyotlarda 
uchishni, 
obro‘yli 
restoranlarda 
ovqatlanishni, individual transfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
Turistik klass. 2–3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni, 
doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchishni, shved stoli 
bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transfertni nazarda tutuvchi eng 
ommalashgan xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Iqtisod klassi. Eng arzon xizmat ko‘rsatish turidir. Odatda 
iqtisod klassidan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadi. 
Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam 
miqdorda taqdim etishni ko‘zda tutadi: 1–2 yulduzli mehmonxonada 
joylashtirish, yotoqxona va xostellarga joylashtirish, o‘z-o‘ziga 
xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik 
mehmonxonalarga joylashtirish, charter aviareyslarida uchish, kutib 


olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshirilishi mumkin. Bir 
so‘z bilan aytganda, hammasi tejamli va arzon bo‘ladi.
Ammo shuni unutmaslik lozimki, ushbu belgilashlarning barchasi 
shartlidir va ko‘pincha ular milliy variantlar va farqlarga ega. Nima 
bo‘lganda ham, turni sotib olishda har bir xizmat darajasini va uning 
tarkibini aniqlashtirish lozim.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin