O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Nazorat savollari 
1. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi zaharli moddalar. 
2. Zaharli moddalarning ruxsat etilgan me’yori qancha? 
3. Eng zaharli sanoat tarmoqlari qaerda joylashgan? 
4. Kam chiqindili texnologiya. 
5. Yopiq suv aylanish sikli deganda nimani tushunasiz? 
6. Sanoatda suvni tozalashning qaysi usullarini bilasiz? 
7. Chiqindilar va ularga bo‘lgan talablar. 
8. Tuproq ifloslanishiga qarshi qanday kurashiladi? 
 
 
 


118 
 
XI BOB. EKOLOGIK MONITORINGNI TASHKIL QILISH 
 
11.1. Ekologik monitoring, uning maqsadi va vazifasi 
 
Bizni o‘rab turgan tabiat yoki atrof-muhitning monitoringi 
biosferaning holatini kuzatish va undagi o‘zgarishlarni uzoq vaqt 
davomida o‘rganish hamda baholashni o‘rganadi. Bundan tashqari
antropogen omillar ta’sirida inson sog‘ligi boshqa tirik organizmlarning 
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy vaziyatlarning oldini olishni 
maqsad qilib qo‘ygan. 
Monitoring kuzatishlarning hajmidan kelib chiqib, o‘rganadigan 
joyning katta-kichikligiga qarab, monitoring uchga bo‘linadi: global, 
hududiy va lokal (bir-biriga bog‘liq). 
Global monitoringning bosh vazifasi – butun dunyoda bo‘layotgan 
jarayonlar va antropogen omillarning biosferaga ta’sirini o‘rganishdir.
Hududiy monitoring – o‘z ichiga ma’lum bir hududda kechayotgan 
jarayonlarni, ularning boshqa hududlardan ko‘ra rivojlanishidagi farqi, 
antropogen omillarning shu joyda tabiat ta’sirida o‘zgarib borishi 
kabilarni o‘rganadi. 
Lokal monitoringning vazifasi – tabiatda boradigan tabiiy 
jarayonlarni kuzatib borish, ma’lum bir hududda antropogen omillar 
ta’sirini o‘rganishdir.
Bizni o‘rab olgan atrof-muhitning monitoringi uzoq muddatli bir 
qator murakkab kuzatish tizimini o‘z ichiga olib, biosferadagi o‘zga-
rishlarni aniqlaydi, antropogen omillar ta’sirida vujudga keladigan 
salbiy oqibatlarni o‘rganadi, inson va boshqa tirik organizmlarning 
hayotiy omillariga ta’sir ko‘rsatadigan jarayonlarning kelib chiqishini 
kompleks o‘rganib boradi. Ekologik monitoring kuzatishlarni 
to‘xtatmasdan uzluksiz olib borishni talab qiladi. 
“Monitoring” termini ekologiya faniga o‘tgan asrning 20-yillaridan 
so‘ng kirib keldi, ko‘pincha “monitoring” so‘zi kishilarga atrof-
muhitning holatini kuzatish ma’nosini anglatadi. Ilmiy adabiyotga 
“monitoring” so‘zi 1972-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan BMT ning atrof-
muhitni himoya qilish bo‘yicha konferensiyasida kiritildi. Bugungi 


119 
kunda “monitoring” so‘zining ma’nosi atrof-muhitni nazorat qilish deb 
tushuniladi va o‘z ichiga uch asosiy vazifani oladi; 
1) kuzatish va nazorat – bizni o‘rab turgan atrof va muhitni uzluksiz 
kuzatib borish; 
2) taxmin qilish (prognoz) – tabiatda tabiiy va antropogen omillar 
ta’sirida bo‘ladigan o‘zgarishlarni oldindan aniqlash; 
3) boshqarish – atrof-muhitda bo‘ladigan tadbirlarni boshqarish 
yoki tartibga solib borish.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin