O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
Nazorat savollari 
1. Orol dengizining bugungi holati. 
2. Ekologik xavf va uni bartaraf etish uchun olib borilayotgan 
ishlar. 
3. Orol muammosining kelib chiqishida qanday omillar sababchi 
bo‘lgan? 
4. Orol dengizi mintaqasida ekologik muhitni yaxshilash 
maqsadida bajarilayotgan loyiha ishlari. 
5. Orol dengizi va tuproq sho‘rlanishi oqibatlari. 
 
 
 


110 
 
X BOB. QATTIQ CHIQINDILARDAN ATROF-MUHITNI 
HIMOYA QILISH 
 
10.1. Sanoat chiqindilari haqida ma’lumotlar 
Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda qattiq chiqindilar juda 
katta miqdorda to‘planadi. Qattiq chiqindilar o‘zlarini, qolaversa, atrof-
muhitni iflos qilish bilan bir qatorda, juda katta yer maydonini ham band 
qiladi. Aslida, ushbu yerdan ekin maydoni sifatida madaniy o‘simliklarni 
o‘stirib, inson uchun foydali mahsulotlar yetishtirish mumkin. 
Qattiq moddalar faqatgina atmosferani ifloslantiruvchi bo‘lmas-
dan, balki ular tarkibida ikkinchi xil foydali moddalar ham bor, bu 
moddani qayta ishlash yordamidagina ajratib olish mumkin. Bugungi 
kunda atmosferaga tashlanayotgan zaharli moddalar miqdori barchani 
tashvishga solmoqda. Ko‘pgina megapolis shaharlarda, “qizil”, “sariq” 
va “yashil” darajalar mavjud. Ushbu tushunchalar sariq daraja endi 
xavfli vaziyat vujudga kelganini bildirsa, qizil vaziyatda atmosfera ha-
vosi mutloqa xavfli ekanini bildiradi. Shanxay, Seul shaharlarida doimo 
qizil daraja turib qolmoqda, bu holat inson hayoti uchun juda havflidir.
Ekologiya mutaxassislari 2018-yilda dunyodagi eng ekologik 
jihatdan ifloslangan xavfli shaharlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Aholi 
punktlarining ifloslanish ro‘yxati Dunyodagi uglerod izi xususiyatlari 
modeli loyihasi (GGMCF) tomonidan taqdim etilgan. 
Ekologik ifloslangan shahar Reytingni tuzish uchun norvegiyalik, 
shvesiyalik, amerikalik va yaponiyalik olimlar ma’lumot yig‘ishdilar va 
atmosferaga tashlanayotgan karbonat angidrid gazi miqdori bilan 
belgiladilar. 
Atrof-muhitni eng ifloslantiruvchi shahar sifatida ko‘p millionli 
Seul shahri tan olindi. Janubiy Koreya poytaxti yiliga 276.1 megatonna 
karbonat angidrid gazi ishlab chiqaradi. Undan keyin Xitoyninig 
Guanchjou shahri (272 megatonna), yana ko‘p millionli yirik 
megapolislardan biri Nyu-York shahri (233,5 megatonna), bugun tezlik 
bilan rivojlanib borayotgan Gonkong shahri esa (208,5 megatonna) joy 
oldi. Karbonat angidirid ishlab chiqaruvchi shaharlarni “etakchilar” 


111 
beshligiga esa Los-Anjeles-yiliga 196,4 megatonna karbonat angidrid 
gazi bilan yakun yasab berdi. 
Shuningdek, ilk o‘nlikdan Shanxay (181 megatonna), Singapur 
(161,1 megatonna), Chikago (152,9 megatonna), Tokio va Yokogama 
shaharlari aglomeratsiyasi (132,8 megatonna) hamda Ar-Riyod (118,8 
megatonna) joy oldi. Dubay esa 110,8 megatonna bilan 11-pog‘onani 
egalladi. 
Rossiya davlatining poytaxti Moskva shahri ro‘yxatda 15-o‘rinni 
(99,5 megatonna) egallagan bo‘lsa, Qozog‘istonning Olmaota shahri 
95-pog‘onadan (25 megatonna) joy oldi. Shuningdek, Qozog‘iston 
poytaxti Ostona 12,9 megatonna bilan 178-o‘rinda ekanligi qayd etildi.
Markaziy Osiyoning katta shaharlaridan Turkmaniston poytaxti 
Ashxobod hozircha 211-pog‘onani egalladi (10,5 megatonna karbonat 
angidrid tashlaydi). Ozarboyjon davlatining poytaxti Boku shahri esa 
8,7 megatonna tashlanadigan karbonat angidridi bilan 260-o‘rindan joy 
olgan. 
O‘zbekiston poytaxti Toshkent ekologiyaga eng ko‘p zarar yetka-
zuvchi shaharlar ro‘yxatida-yiliga 7,1 megatonna karbonat angidrid 
gazi bilan 305-pog‘onadan joy oldi.Qozog‘istonning yana bir shahri 
Aktyubinsk 421-pog‘onada qayd etildi (5,3 megatonna). Ammo shuni 
qayd qilish lozimki, bu shaharlardan atmosferaga tashlanadigan karbo-
nad angidrid miqdori uzluksiz oshib bormoqda, hozirgacha bironta sha-
harda atmosferaga tashlanayotgan karbonad angidrid miqdori kamay-
madi.
Qattiq chiqindilar to‘planib, uzoq vaqt turib qolgan joylarda, 
tozalanganidan so‘ng ham uzoq vaqt bu joyda o‘simliklarni ekish 
mumkin emas. Modomiki, o‘simlik ekib o‘stirilar ekan, bu mahsu-
lotlarni iste’mol qilish xavflidir. Chunki bu o‘simliklar tuproqdagi 
ozuqa moddalar orqali ko‘pgina zaharli moddalarni o‘zi bilan olib 
chiqadi. Bu tuproqlarda temir, xrom va boshqa moddalar yoki qaysi tur 
qattiq chiqindi bo‘lishigi qarab o‘sha moddalar ko‘p bo‘ladi. 
Sanoat chiqindilari 12.1.007-76 Davlat standarti bo‘yicha 
tarkibidagi zaharli moddalar va tashqi muhitni ifloslantirishi bilan to‘rt 
guruhga bo‘linadi: 
1. Favqulodda xavfli. 
2. Juda xavfli. 
3. O‘rtacha xavfli. 
4. Sal xavfli. 


112 
1-guruh – kutilmaganda portlash, yong‘in, zilzilalar ta’sirida 
zaharli moddalar va gazlar xavfli ta’sir ko‘rsatadi. 
2-guruhdagi korxona chiqindilari tarkibida inson hayoti uchun xavf 
soladigan simob, margimush, xrom, qo‘rg‘oshinli azot va boshqa 
zaharli tuzlarni saqlashi bilan juda xavfli hisoblanadi. 
3-guruhdagi korxona chiqindilari tarkibida mis sulfati, misning 
otquloq kislotasi tuzlari, nikelning xlorli tuzi, qo‘rg‘oshin oksidi va 
boshqalarni saqlashi bilan inson hayotiga xavf soladi. 
4-guruhga sanoat chiqindilari tarkibida zaharli moddalar 
saqlamaydiganlar kiradi. Bu guruh chiqindilar tarkibida fosfotlarni, 
marganets, ruxning simob tuzlarini saqlaydi. 
Korxona chiqindilari ikkiga bo‘linadi, ya’ni biridan foydalanish 
mumkin, ikkinchi turidan mutlaq foydalanib bo‘lmaydi. 
Sanoat korxonasi chiqindilaridan g‘isht, qurilish materiallari, 
yoqilg‘i mahsulotlari, shuningdek, ayrim elementlarni sof holda ajratib 
olinadi. Masalan, neftni qayta ishlash sanoatida chiqadigan shlam 
qoldiqlari qayta ishlansa, 1 mln. tonnasidan 4300 tonna kobet olish 
mumkin. 
Metallurgiya kombinati shlaklaridan va issiqlik energiya ishlab 
chiqaradigan bo‘limlaridan chiqqan kuldan sement, o‘g‘it material 
tolalar qayta ishlab olinadi. Shuningdek, ulardan kislotalarga chidamli 
izolyatsiya materiallari va beton quyish uchun qurilmalar tayyorlanadi. 
Inson va tabiat uchun xavfli bo‘lgan chiqindilar zararsizlantirilib, 
aholi punktlaridan mutlaq uzoq joylarda ko‘mib tashlanadi. Chiqin-
dilarni termik usul bilan zararsizlantirishda maxsus o‘choqlarda ular 
1000-1200 °S da kuydiriladi, ammo ularning yonishidan zaharli gazlar 
hosil bo‘lsa, ular albatta maxsus ushlagichlar yordamida ushlab 
qolinadi. 
Bizdagi sanoat korxonalaridan Olmaliq va Angrenda chiqindilar 
miqdori juda ko‘payib ketadi. Ba’zan to‘plangan chiqindilar miqdori 40 
mln. tonnagacha etishi mumkin, bu korxonalardagi chiqindilarning 
ko‘pchiligi qayta ishlanadi. Ba’zilari ko‘mib tashlanadi. O‘ta zaharli 
bo‘lgan chiqindilar qalinligi 10 mm bo‘lgan temir konteynerlarga 
solinib mahkamlab, to‘rt tomoni betonlangan chuqurlarga ko‘miladi, 
suyuq chiqindilar uchun ajratilgan chuqurliklar hamma tomoni 
betonlanib, chetlariga tuproq solinib, ko‘miladi. Betonlangan chuqur 
yer yuzasidan kamida 80-100 sm pastda qoladi. 


113 
Yirik shaharlarda sanoat chiqindilari juda ko‘plab chiqadi. 
Masalan, eng katta shaharlardan biri bo‘lgan Moskva shahrida qattiq, 
uy-ro‘zg‘or chiqindilari bir odam boshiga bir yilda 300 kg to‘g‘ri 
keladi. Shundan qog‘oz va kartonlar 28.8%; metall jinslar 5.7%; oziq-
ovqat chiqindilari 28.5%; plastmassa 5.1%; tekstil 3.1%; oyna 4.4%; 
yoqilg‘i materiallari 1.8%; inert materiallar 3.4%; mayda chang 
chiqindilarning 19.2% hajmini tashkil qiladi. 
Respublikamizda qattiq chiqindilar asosan energetika beruvchi 
inshootlardan kul va shlaklar; qora va rangli metallurgiyadan shlaklar, 
koks qoldiqlari; ko‘mir qazib oluvchi sanoatdan chang chiqindilari; 
yog‘ochni qayta ishlovchi xo‘jaliklardan qipiq va qirindilar; kimyo 
sanoatidan fosfogipslar shaklida hosil bo‘ladi. 
Qattiq chiqindilar tarkibida turli kimyoviy moddalar bo‘lib, o‘ta 
zaharli moddalar – mishyak, ftor, fosfor, simobdan tortib inert 
moddalargacha bo‘ladi, bular bo‘r, gips va loylardir. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin