4-rasm. Orol dengizi havzasida suv iste’moli asosiy hajmlarining
ulushi.
5-rasm. Sirdaryo havzasi bo‘yicha daryo oqimining ko‘p yillik
resurslari.
Irrigatsiya suv olish
Sanoat-maishiy suv iste’moli
Suv omborlaridan yo‘qotish (parlanish)
Amudaryo va Sirdaryo o‘zanlaridan
yo‘qotish
Irrigatsiya-ishlanma ko‘llarga suv
chiqarish
Orol dengiziga vetlandlar orqali suv
borishi
O‘zbekiston 5,59
kub.km
Tojikiston 1,1
kub.km
Qozog‘iston 4,08
kub.km
Qirg‘iziston 28.0
kub.km
104
9.2. Orol dengizini saqlab qolish uchun olib borilayotgan ishlar
Yerda har yili atmosfera havosiga 15 dan 75 mln. tonnagacha chang
ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida
yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanish sur’atlari o‘sib bormoqda.
Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolari yuzasidan yuzlab mahalliy
va xalqaro loyihalar taklif qilingan. Bu loyihalarni umumlashtirib,
ularni asosan ikki turga bo‘lish mumkin. Birinchisi “Ichki imkoniyat-
lardan kelib chiqib Orolni saqlab qolishga qaratilgan loyihalar” bo‘lsa,
ikkinchisi “Orolga suvni tashqaridan olib kelishni taklif qilish
haqida”gi loyihalardir.
Ichki imkoniyatlardan foydalanib, Aydar-Arnasoy ko‘llar
tizimidagi, Sariqamish, Dengizko‘l, To‘dako‘l va boshqa ko‘llarning
tashlanma suvlarini Orol dengiziga oqizish, kollektor-zovur suvlarini
Orol dengiziga alohida o‘zan bilan olib borish, ikki daryo oralig‘ida
Surxondaryodan to Orolgacha “Sho‘rdaryo” deb ataluvchi, kollektor-
zovur suvlarini yig‘ib oluvchi Bosh tashlanma kollektorini qurish,
gidromelioratsiya tizimlarini samaradorligini oshirish, sug‘orish
madaniyatini yaxshilash, suv resurslaridan unumli foydalanish,
sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentlarini oshirish, suv
resurslarini hududiy taqsimlash, ulardan tejab-tergab foydalanish,
pullik suvni joriy etish, sug‘oriladigan yerlar maydonini barqarorlash-
tirish, yerlarni kapital planirovkasi (bir nishablikda tekislash)ni amalga
oshirish, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida suv taqsimotini birinchi
navbatda Orol dengizi ehtiyojini hisobga olgan holda, uning sathini
barqarorlashtirishni ko‘zda tutuvchi loyihalar taklif etilgan.
Orol dengizini saqlash va tiklashda Rossiya okeanograf olimi
V.Bortkinning loyihasi bo‘yicha ikkita yirik to‘g‘on qurishni, birinchi
to‘g‘on dengizning shimoliy qismida bunyod qilinib, kichik Orolni
katta Oroldan ajratib qo‘yishni taklif etdi. Ikkinchisini esa, janubda
Ajiboy qo‘ltig‘ida barpo etish mo‘ljallangan. Shunday qilinganda
dengizning maydoni biroz kichrayib, bug‘lanishi kamayadi. Loyiha
muallifi Sariqamish va Arnasoy ko‘llari tizimidagi suvni ham Orolga
olib borishni taklif etdi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, suv resurslarini muhofaza qilish
va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashda, avvalambor, suv
resurslaridan, ayniqsa, aholi o‘rtasida ichimlik suvidan oqilona
foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan tushuntirishlar olib
105
borishda keng jamoatchilikni jalb etish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini
yanada jonlantirish lozim. Shuningdek, mintaqada mavjud suv resurs-
laridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda Markaziy
Osiyo mamlakatlari o‘zaro hamkorlikdagi maqsadga yo‘naltirilgan
ekologik siyosat va ilmiy, huquqiy, moliyaviy hamda texnologik
bazasini mukammal rivojlantirishlari zarur bo‘ladi.
Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz
komponentlarga kuchli antropogen ta’siri mahalliy, mintaqaviy va
umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu
kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inqirozning eng xavfli
nuqtasi hisoblangan “Orol muammosi” vujudga keldi.
Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi.
Oxirgi 40-45-yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib
ketdi, akvatoriya maydoni 6 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10
baravargacha (1064 kub km dan 115 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi
tuz miqdori 112g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280g/l gacha
yetdi. Orol dengizi deyarli “o‘lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi
maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-
tuzli aerozollarni tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili
atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu
bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning
tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.
Avval dengiz yirik transport, baliqchilik va boshqa xo‘jalik hamda
iqlim ahamiyatiga ega edi. Bugungi kunda Orol dengizini o‘rnida
asosan 6 ta qoldiq ko‘llar hosil bo‘lgan. Orol dengizining qurib ketgan
erlaridan shamol orqali havoga tuz va chang ko‘tarilib, yuzlab kilometr
hududlarga tarqalmoqda. Bu nafaqat Orolbo‘yi, balki undan uzoqda
ham qurg‘oqchilikni keltirib chiqarmoqda. Orolning qurigan tubidan
ko‘tarilgan chang-to‘fonlari ilk bora 1975-yili kosmik tasvirlar natijasi-
da aniqlangan, hozirda esa ular oddiy holga aylangan. O‘tgan asrning
80-yillaridan boshlab bunday to‘fonlar yiliga 90 kungacha cho‘zilgan.
Mutaxassislarning fikricha, Orol muammosi kelib chiqishiga
quyidagi omillar asosiy sababchi bo‘lgan:
● ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish strategiyasini noto‘g‘ri
tanlangani. Bu omilning hudud tabiatiga, xo‘jaligiga va ijtimoiy
munosabatlariga uzluksiz cho‘zilgan salbiy ta’siri;
● tuproqning murakkab mexanik tarkibi, gidrogeologik va geo-
morfologik sharoitlarning hisobga olinmaganligi;
106
● sug‘orish va gidrotexnik inshoot tizimlarini loyihalash, qurish va
ulardan foydalanish sifatining past darajadaligi;
● qabul qilingan sug‘orish me’yorlarida tuproq va qishloq xo‘jalik
o‘simliklarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinmaganligi va
boshqa sabablar.
Ko‘pgina korxona va ishlab chiqarish muassasalarida tabiiy xom-
ashyolarning etishmasligi natijasida ishsizlik, aholini past turmush
darajasi kabi muammolar vujudga keldi.
Orol dengizining qurishi oqibatida mahsuldorligi-yiliga 45 ming
tonnagacha ovlangan baliqchilik sanoati, tub aholining doimiy hayot
manbai bo‘lgan ovchilik va mo‘ynachilik sohalari inqirozga uchradi.
Dostları ilə paylaş: |