109
borishidan Markaziy Osiyo respublikalari ichida hech qaysi respublika
biz kabi asorat ko‘rmaydi. Shuning uchun, O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-yil BMT Bosh Assambleyasining 48-
50 sessiyalarida hamda Markaziy Osiyo davlatlarining Almati deklara-
siyasida Orol dengizi xavfi bugun xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan ijti-
moiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishini alohida ta’kidladi.
Orol dengizi xavfining oldini olish
uchun shu kungacha yagona
ilmiy, huquqiy, moliyaviy va texnologik baza ishlab chiqilmagan. Orol
atrofidagi aholi dengizning qurib borishidan ruxiy, moddiy, ma’naviy,
iqtisodiy va ekologik jixatlardan azoblanmoqda. Bu og‘ir ekologik
xavfni Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda yagona bir dasturga asos-
lanib, hech bo‘lmasa, Orolni shu holda saqlab qolish chorasini ko‘r-
salar, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
ma’lumotlaridan 1911-2004-yillarda Orol dengizi suvning darajasi, suv
hajmi va maydonining qanchaga farqlanishini aniq ko‘rish mumkin.
Mavzu xulosasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi hududida aholining quvurlardan suv ichadigan qismi 76% ni
tashkil qiladi. Qolgan aholi ochiq
havzalardan suv ichadi, respublika
bo‘yicha aholining suv quvuridan foydalanishi 89%, Qoraqalpog‘iston
Respublikasida bu ko‘rsatkich juda past hisoblanadi. Respublikada
Orol dengizining qurib borishi
eng avvalo, sug‘orilayotgan dehqonchi-
likka salbiy ta’sir ko‘rsatib, ekinlarning yetarli suv bilan ta’minlanmas-
ligi natijasida ularning hosildorligi pasayib, tuproqlar sho‘rlanib boradi,
buning oqibatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik holat og‘irlashishadi.
Dostları ilə paylaş: