114
Fosfat xomashyosidan olingan fosfor, fosfogips sho‘rxok yerlarni
melioratsiyalashda foydalanish
yaxshi natija beradi, chunki uning
tarkibida Sa, S, P, Fe, Al, Mg makro elementlari bor.
Qishloq xo‘jaligida hadeb ikkilamchi chiqindilarni ishlatish samara
bermaydi, chunki ular zaharli moddalarni saqlagani uchun tuproq
tarkibidagi makroorganizmlar nobud bo‘ladi. Fosfogips tarkibida ftor,
og‘ir metallardan mishyak, selen bor.
10.3. Zaharli chiqindilarni zararsizlantirish va ko‘mish
Sanoat chiqindilarini zararsizlantirish va ko‘mish bugungi kundagi
ekologik zaruriyatlardan biridir. Chiqindilarni
zararsizlantirish juda
og‘ir, sermashaqqat, serxarajat ish hisoblanadi. Rivojlangan mamla-
katlarda ishlab chiqarilgan zaharli moddalar miqdori odam boshiga 70
kg bo‘lsa, bir tonna zaharli moddani zararsizlantirish uchun 500 dollar
(AQSH) sarflanadi.
Chiqindilarni ko‘mish va zararsizlantirish, albatta, chiqindi chiqargan
korxona yoki tashkilot evaziga bo‘ladi va ko‘miladigan joy ham albatta
shu tashkilotga mansub bo‘lishi kerak. Chiqindi ko‘miladigan
maydon
hamma tomonlama bexatar va yerning geologik qatlami o‘rganilgan
bo‘lishi lozim. Chunki yerning pastki qatlamida suv yaqin bo‘lmasligi,
qumoq bo‘lmasligi hamda biron bir sel va qor ko‘chkilari ta’siridan shu
maydon ko‘chmasligi kerak. Shuni ochiq aytish kerakki, bunday
maydonlar boshqa hech qachon yaxshi strukturali yer bo‘la olmaydi,
chunki bu yerlardagi zaharli moddalar o‘simlik
mahsuloti orqali
insonlarga yoki hayvonlar, qushlarga yetib boradi.
Chiqindi ko‘miladigan joylarda sanitariya-gigiyena me’yorlariga
rioya qilish kerak. Maydonlar doimiy ravishda chiqindilarni to‘play-
digan bo‘lib, ular tarkibidan zaharli, ishlatib bo‘lmaydiganlarini davriy
ravishda ko‘mib, lozim bo‘lsa, qayta ishlab turadigan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, chiqindi maydonlari bir necha tashkilotlarga tegishli
bo‘lishi
ham maqsadga muvofiq, chunki zararli moddalar bir joyga
to‘plansa, zaharli chiqindi ko‘miladigan maydonlar soni kam bo‘ladi.
Chiqindi maydoni tarkibiga uch turdagi ishni bajaruvchi guruh
kiradi. Bular: