O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

ekologik yaroqliligi 
 
Ishlab chiqiladigan sanoat mahsulotlari respublikada yaratilgan qo-
nunlar asosida ishlab chiqarilishi hamda “Aholining sanitariya-
epidemiologik me’yorlari” aks ettirilgan Davlat nazoratiga bo‘ysunishi 
kerak.
Sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigienik normativlar, tuzilgan 
hujjatlarning (aktlar) har biri insonning xavfsizligi va zararsizligi, 
yashayotgan muhitning uning hayoti uchun qulay va yaxshiligini 
ta’minlashi zarurdir. 
Sanitariya qoidalari barcha davlat va jamoat tashkilotlari, sanoat 
korxonalari, zavod, fabrikalar, rahbar xodimlar va oddiy fuqarolar 
uchun bir xilda bo‘lib, unga barcha amal qilishi lozim. 
Chiqindi chiqaruvchi har bir tashkilot quyidagilarni bajarishi shart: 
● mazkur korxonada sanitariya qonunlari ishlashi va unga hamma 
bo‘ysunishi, talab qilingan sanitariya qoidalarining bajarilishini 
ta’minlashi kerak; 
● gigiyenik va epidemiologik tadbirlarni o‘tkazish yo‘llarini ishlab 
chiqish, turli kasalliklarni atrof-muhitga tarqatuvchi zararli moddalar 
manbalarini topib yo‘qotish hamda aholining sog‘lom turmush tarzi 
uchun qulay sharoit yaratib berishga erishish, kasalliklarning oldini 
olish. 
Davlat tashkilotlari va Respublika sanitariya-epidemilogiya 
xizmati xodimlari og‘ir xavfli holatlarda ishlab chiqarishni to‘xtatib 
qo‘yish lozimligi, texnologik jarayonlarning buzilishi va og‘ir zararli 


117 
kasalliklar kelib chiqishi holatlari haqida o‘z vaqtida ogohlantirishlari 
zarur. 
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining barcha qonun, qa-
rorlari va farmoyishlari hamda rahbar xodimlar tomonidan chiqarilgan 
buyruqlari ma’lum bir tarmoqning ishini va moliyaviy mablag‘larni 
to‘xtatishi mumkin. 
Respublika sanitariya qonunlariga zid bo‘lmagan ishlar uchun 
tashkilotlarda moddiy rag‘batlantirish va atrof-muhitni himoya qilishga 
asoslangan ishlarni jonlantirish zarur. 
Sanoat korxonasi o‘z xodimlarining va aholining salomatligini saqlash 
yo‘lida turli kasalliklarning oldini olish yo‘lida hamda sog‘lom turmush 
tarzini tashkil qilish uchun harakat qilishi lozim.
Mavzu xulosasi. Ishlab chiqarilayotgan xomashyo va materiallar, 
mahsulotlar ishlab chiqarish, ularni ortish, tashish, saqlash va 
foydalanish kabilar insonlar salomatligi uchun mutlaqo zararsiz hamda 
hozir ham, kelgusida ham xavfsiz bo‘lishi, barcha ishlarda sanitariya 
qoidalariga rioya qilinishi kerak. 
Olib borilayotgan yangi texnologiyalar, materiallar, moddalar va 
narsalar, shuningdek, xo‘jalik ro‘zg‘orda ishlatiladigan mahsulotlar 
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati qoidalariga asosan ishlatish-
ga ruxsat berilgan bo‘lishi lozim. 
Davlat nazorati talablariga javob bermaydigan mahsulot ishlab 
chiqarib, uni tarqatayotgan korxona va tashkilotlarning faoliyati Davlat 
sanitariya-epidemiologiya xizmatining rahbari yoki o‘rinbosarining 
xulosasi bilan to‘xtatiladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin