O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


-ma’ruza. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 soat)



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə48/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99
UMK (2022-23)

10-ma’ruza. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 soat)


REJA:
1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari.
2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga aʼzo bo‘lishi hamda jahon hamjamiyatidagi o‘rni hamda nufuzining ortib borishi.
3. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorligi.
4. O‘zbekistonning ShHT bilan aloqalari.
5. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari.
6. O‘zbekiston faol tashqi siyosatining yangi bosqichi.



  1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari.

Maʼlumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, respublikaning o‘rni faqat qog‘ozlarda federatsiya subʼyekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni taʼkidlash kerakki, O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli aʼzosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subʼуekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, - deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
• milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
• umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan holda nizoli mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
• tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
• barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga intilish;
• xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish;
• tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon eʼtirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, 2015-yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018-yilga kelib, ular 134 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda 138 ta mamlakat bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Poytaxtda 44 ta davlat diplomatik missiyasi akkreditatsiyadan o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 46 ta davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga taʼsir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon eʼtirof etgan ochiq, yakdillik talablariga asoslanadi.
Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan vazifalar doirasida bo‘lib, xalqaro maydonda aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy qadamlarda o‘z aksini topmoqda.
Shu munosabat bilan Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Аfg‘oniston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.
Xalqaro maydondagi hamkorlik ilg‘or dunyo tajribasini o‘rganish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishga yordam berishi kerak, bu mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yo‘nalishi dunyoning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik sheriklik hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bunday yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish vazifalarining samarali hal qilinishini taʼminlashga qaratilgan.
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining tub manfaatlaridan kelib chiqqan holda uning tashqi siyosat sohasidagi saʼy-harakatlarining asosiy maqsadi davlat mustaqilligini mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro jabhada milliy maanfaatlarini ilgari surishdan, O‘zbekiston fuqorolari va yuridik shaxslarning haq-huquqlarini himoya qilishdan, tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan, O‘zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik makonini yaratishdan iboratdir.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatning yangilangan tashqi siyosati ochiq, do‘stona va pragmatik tamoyillarga asoslangan. Xususan, O‘zbekiston barcha xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlari va jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligi xalqimiz va yurtimiz manfaatlaridan kelib chiqib belgilangan.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin