O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


Buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo’lgan e’tibor



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə36/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
UMK (2022-23)

Buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo’lgan e’tibor.

Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma’rifat asosida, ma’rifatli bo’lish negizida sodir bo‘ladi. 1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Bu to’yga respublikada katta tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga aylandi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar to’plami nashr etila boshlandi. Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta’sis etildi. Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug’ bobomizning muhtasham haykali qo‘yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. Navoiy haykali Komsomol ko‘li deb nomlangan istirohat bog‘iga o‘rnatildi va Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb ataladigan bo‘ldi.
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’lon qilinishi, uning 600-yilligini O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YUNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. 1996- yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. Islom Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to‘g‘risida farmon qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O‘sha davr tarixiy madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Juda qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha’ni va shavkatiga mos keladigan Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi.
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning ilmiy merosi o‘rganilib, ko‘plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000-yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda. Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari chop etildi. Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani tiklanishiga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017-yilning o‘zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda Islom Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat, Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi. Ularning nomi bilan ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori asosida o’zbek adabiyoti va madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Islom Karimov haykallari Toshkent, Samarqand va Qarshi shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, 2018-yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir qator ko’chalar va yirik ob’yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.




  1. Yüklə 1,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin